$
12699.85 UZS
-18.23
139.02 UZS
1.2
13694.25 UZS
-15.84
34° Kechasi 21°

Alisher Fayz haqida qiziqarli faktlar

14:48 / 28.04.2024

Xalq ardog‘idagi xonanda Alisher Fayz (Turdiyev Alisher Bahodirovich) 1984-yil 27-yanvarda Namangan viloyati, Chortoq shahrida tavallud topgan. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Alisher Fayz haqida qiziqarli faktlarni taqdim etamiz.

- 1994-2001-yillar davomida “Gliyer” nomidagi musiqa maktabida dutor bas mutaxassisligi bo‘yicha taxsil olgan.
- Ozodbek Nazarbekov ijodiga bo‘lgan qiziqish Alisherni bo‘lajak ustozi yoniga yetaklab kelgan.
- 2001-2005-yillarda O‘zbekiston Davlat konservatoriyasida o‘qish bilan bir qatorda ustozi ko‘magida mustaqil ijod qila boshlagan.
- Alisherni ilk bor 2005-yil 15-16-may kunlari ustozi Ozodbek Nazarbekov “Yuragimda kuylaganim sen” deb nomlangan konsert dasturida katta sahnaga olib chiqdi va shu dasturda u o‘zining “Meni kechir” nomli taronasini ijro etgan.
- 2007-yilda “Ko‘ngil istab…” nomli ilk qo‘shiqlar to‘plamini Alisher Fayz taxallusi bilan muxlislarga taqdim etdi.
- 2008-yil 21-22-may kunlari “Istiqlol” san’at saroyida “Umidim sendan…” nomli ilk yakkaxon konsert dasturi muxlislar olqishiga sazovor bo‘ldi.
- 2009-yilda “Nigohingga ol”, 2010-yilda “Senga talpinib”, 2011-yilda “Yaxshiyam siz bor”, 2012-yilda “Sening bolangman!”, 2021-yilning, dekabr oyida “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida “Yurak so‘zi” deb nomlangan konsert dasturini taqdim etdi.
- Alisher Fayz uch farzandning otasi. O‘g‘li Xolidbek va qizlari Zinnuraxon, Shirin. Ukasi Xurshid Turdiyev ham xonandalik sohasida faoliyat yuritadi.
Xonanda: “Hayot – kichkina ko‘rpachaga o‘xshaydi, bir tomonini torsang boshqa tomoni ochiladi…”, deydi hayot to‘g‘risida.
- 2012-yil 27-avgust kuni Alisher Fayz O‘zbekiston Respublikasi prezidenti farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist unvoni bilan taqdirlandi.

Xonandalikdan tashqari iste’dodi: she’r yozadi, bastakor;
Xobbisi: futbol to‘plarini yig‘ish;
Yoqtirgan taomi: palovxonto‘ra;
Yoqtirgan rangi: barcha ranglar. Ayniqsa, oq va qizil;
Sahnadagi odati: hayajonlanganidan qo‘li bilan oyog‘ini urib turadi;
Shiori: “Ish boshqa, hayot boshqa”.


Lifestyle


														
														Ayol va erkak organizmidagi farqlar

Ayol va erkak organizmidagi farqlar

Ayollar anatomiyasi shunchaki erkaklarning “kichikroq versiyasi” emas.
17:21 / 13.05.2024

														
														Maradonaning 38 yillik “Oltin to‘p”i kimoshdi savdosiga qo‘yildi

Maradonaning 38 yillik “Oltin to‘p”i kimoshdi savdosiga qo‘yildi

U 1986-yili qo‘lga kiritilgandi.
11:24 / 13.05.2024

														
														Nursulton Ro‘ziboyev o‘yinga pul tikkanlarga javob qaytardi

Nursulton Ro‘ziboyev o‘yinga pul tikkanlarga javob qaytardi

Nursulton Ro‘ziboyev uyini sotib, uning g‘alabasiga pul tikkanlarga javob qaytardi.
11:05 / 13.05.2024

														
														Buyuk Britaniyada koronavirusning yangi shtammi ko‘paymoqda

Buyuk Britaniyada koronavirusning yangi shtammi ko‘paymoqda

Virus FLiRT variant deb nomlangan.
09:47 / 13.05.2024

														
														Ko‘rilmagan vaqtda rasmga aylanadigan televizor taqdim etildi

Ko‘rilmagan vaqtda rasmga aylanadigan televizor taqdim etildi

Uyingizda ham televizor, ham rasm sifatida foydalansangiz bo‘ladigan faqatgina bir modellik televizor namoyish etildi.
13:11 / 12.05.2024

														
														Quyoshdan quvvatlanadigan dron ixtiro qilindi

Quyoshdan quvvatlanadigan dron ixtiro qilindi

Eʼtiborlisi, bu borada texnologiyadagi ixtirolarning quvvat olishida ham aynan shunga alohida eʼtibor qatishmoqda.
11:02 / 12.05.2024

														
														Tailandda anomal issiq oqibatida 60 nafar kishi halok bo‘ldi

Tailandda anomal issiq oqibatida 60 nafar kishi halok bo‘ldi

Osiyo qitʼasi dunyodagi boshqa hududlarga qaraganda tezroq isimoqda.
09:46 / 12.05.2024

														
														Ishonish qiyin lekin asal qandli diabetga davo ekan

Ishonish qiyin lekin asal qandli diabetga davo ekan

Odatda och rangli asal qimmatroq hisoblanadi.
09:41 / 12.05.2024

														
														Birgina roli uchun 100 million dollar gonorar olgan aktyorlar

Birgina roli uchun 100 million dollar gonorar olgan aktyorlar

Muvaffaqiyat olib kelgan filmlar va aktyorlarning gonorari haqida ma’lumot beramiz.
15:58 / 11.05.2024

Bu ham qiziq

Bugun, 12-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Bugun, 12-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 12 may kuni Toshkentda havo o‘zgarib tur…
00:06 / 12.05.2024
Toshkentda qurolli mojaro zonalaridan qaytganlarni reabilitatsiya va reintegratsiya qilish masalalari bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tadi

Toshkentda qurolli mojaro zonalaridan qaytganlarni reabilitatsiya va reintegratsiya qilish masalalari bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tadi

14-may kuni Toshkentda qurolli mojaro zonalaridan qaytganlarni reabilitatsiya va reintegratsiya qilish masalalari bo‘yicha M…
11:39 / 12.05.2024
Qozog‘istonning sobiq iqtisodiyot vaziri Kuandik Bishimbayev 24 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

Qozog‘istonning sobiq iqtisodiyot vaziri Kuandik Bishimbayev 24 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

Bu ish nafaqat Qozog‘istonda, balki boshqa ko‘plab mamlakatlarda ham kuzatilgan.
20:33 / 13.05.2024
Qirg‘izistondagi zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

Qirg‘izistondagi zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

Zilzila episentri Toshkentdan 208 km shimoliy-sharqda.
12:01 / 13.05.2024
Afg‘onistondagi suv toshqinlari oqibatida 315 kishi halok bo‘ldi

Afg‘onistondagi suv toshqinlari oqibatida 315 kishi halok bo‘ldi

Bir kun avval departament 153 nafar tabiiy ofat qurbonlari haqida gapirgan edi.
12:00 / 13.05.2024
Ko‘rilmagan vaqtda rasmga aylanadigan televizor taqdim etildi

Ko‘rilmagan vaqtda rasmga aylanadigan televizor taqdim etildi

Uyingizda ham televizor, ham rasm sifatida foydalansangiz bo‘ladigan faqatgina bir modellik televizor namoyish etildi.
13:11 / 12.05.2024
Ayol va erkak organizmidagi farqlar

Ayol va erkak organizmidagi farqlar

Ayollar anatomiyasi shunchaki erkaklarning “kichikroq versiyasi” emas.
17:21 / 13.05.2024
Qashqadaryoda ikkinchi bor “Tarag‘ay bahori” festivali o‘tkaziladi

Qashqadaryoda ikkinchi bor “Tarag‘ay bahori” festivali o‘tkaziladi

Mazkur festival 2023-yil ham bo‘lib o‘tgan.
14:20 / 13.05.2024
Rossiya mudofaa vaziri lavozimidan ketadi

Rossiya mudofaa vaziri lavozimidan ketadi

Sergey Shoygu hukumatning yangi tarkibi tasdiqlangandan so‘ng o‘z lavozimini tark etadi. Putin mudofaa vazirligi rahbari lav…
08:48 / 13.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!