$
12727.96 UZS
17.01
139.46 UZS
0.4
13781.84 UZS
62.91
24° Kechasi 16°

Doha – Toshkent yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlar yo‘lga qo‘yiladi

09:05 / 29.04.2024

O‘zbekiston elchisi Ashraf Xo‘jayev “Qatar Airways” kompaniyasi bosh ijrochi direktori Badr Muhammad Al-Miyr bilan uchrashuv o‘tkazdi, deya xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Muloqot chog‘ida davlatlararo to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish, kargo tashuvlarini amalga oshirish, zamonaviy aviaxizmatlar sohasida tajriba almashish kabi masalalar muhokama qilindi.

Badr Muhammad Al-Miyr O‘zbekiston va Qatar o‘rtasida ikki tomonlama do‘stona aloqalar jadal rivojlanib borayotganini ta’kidlab, ushbu munosabatlarni shakllantirishda davlatlarni bog‘lab turadigan aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish juda muhim ekanligiga e’tibor qaratdi.

“Rejalarimiz va umidlarimiz ulkan. Dastlab haftasiga 4 marta, keyinchalik esa kunlik ravishda havo qatnovlarini amalga oshirishni rejalashtirganmiz”, – deya ta’kidlagan u.

Bundan tashqari, to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar orqali o‘zaro turistlar oqimi va ikki tomonlama savdo hajmlari ham oshib borishi urg‘ulandi.

Uchrashuv yakunida tomonlar shu yilning 2-iyun kuni Doha-Toshkent-Doha aviaqatnovining tantanali ochilish marosimini o‘tkazishga kelishib oldilar.


Bu ham qiziq

O‘zbekistonda ekologik muammolar haqida kino suratga olinadi

O‘zbekistonda ekologik muammolar haqida kino suratga olinadi

Hozirda filmning aktyorlar jamoasi uchun kasting jarayonlari davom etmoqda.
14:29 / 14.05.2024
WhatsApp messenjeri dizaynini yangiladi

WhatsApp messenjeri dizaynini yangiladi

Shuningdek, yangi funksiyalar qo‘shilgan.
09:29 / 15.05.2024
Sayohat uchun 10 ta muhim maslahatlar

Sayohat uchun 10 ta muhim maslahatlar

Shu sababli sayohat bilan bog‘liq muammolardan qochishga yordam beradigan oddiy maslahatlar bilan bo‘lishgan.
10:26 / 15.05.2024
Qaysi hududda yangi korxonalar ko‘proq tashkil etilgani ochiqlandi

Qaysi hududda yangi korxonalar ko‘proq tashkil etilgani ochiqlandi

2024-yilning yanvar-mart oylarida jami 19 767 ta yangi korxona tashkil etilgan.
14:09 / 14.05.2024
"Uzbekistan Airways" bir qator xorijiy reyslarga chegirmalarni e’lon qildi

"Uzbekistan Airways" bir qator xorijiy reyslarga chegirmalarni e’lon qildi

16-may kuni quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha 20% chegirma taqdim etiladi.
20:54 / 15.05.2024
Bugun, 15-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Bugun, 15-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 15 may kuni Toshkentda havo o‘zgarib tur…
02:09 / 15.05.2024
Ona sutining moʻjizaviy jihatlari

Ona sutining moʻjizaviy jihatlari

Uning tarkibida chaqaloqlarni ko‘plab kasalliklardan himoya qiluvchi antitanalar mavjud.
12:57 / 15.05.2024
Manchesterda havoga ko‘tarilayotgan samolyotni chaqmoq urdi

Manchesterda havoga ko‘tarilayotgan samolyotni chaqmoq urdi

Hodisa vaqtida samolyot bortida yo‘lovchilar bo‘lganligi aytilmoqda.
09:26 / 15.05.2024
Mirziyoyev “BMT-ayollar” tuzilmasi ijrochi direktorini qabul qildi

Mirziyoyev “BMT-ayollar” tuzilmasi ijrochi direktorini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14-may kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining o‘rinbosa…
19:47 / 14.05.2024
O‘zbekistonliklar turistik maqsadlarda eng ko‘p qaysi davlatlarga borayotgani ochiqlandi

O‘zbekistonliklar turistik maqsadlarda eng ko‘p qaysi davlatlarga borayotgani ochiqlandi

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 365,6 ming nafarga oshgan.
10:42 / 15.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!