$
12699.85 UZS
-18.23
139.02 UZS
1.2
13694.25 UZS
-15.84
34° Kechasi 21°

O‘zbekiston 10 mingdan ortiq hamshira va shifokorlarni Buyuk Britaniyaga ishlash uchun yuboradi

14:44 / 27.04.2024

O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida Britaniyaning “NEU Professionals” rekruting agentligi, Qirollik hamshiralik kolleji, Koventri universiteti va “Mutaxassis til kurslari” markazi vakillaridan iborat delegatsiyaning O‘zbekistonga amaliy safari tashkil etildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA.

Safar davomida Britaniya tomoni O‘zbekiston Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar, Sog‘liqni saqlash vazirliklari, Toshkent tibbiyot akademiyasi va Samarqand shahridagi “Medicon” universitetida uchrashuvlar o‘tkazilgan.

“Olib borilgan muzokaralar natijasida, o‘zbekistonlik 10 mingdan ortiq tibbiyot sohasi vakillarini chet tillariga o‘qitish orqali Buyuk Britaniyadagi nufuzli shifoxonalarga ishga qabul qilish hamda 3 ming AQSh dollari miqdorida oylik maosh to‘lash bo‘yicha kelishuvga erishildi. Shuningdek, “NEU Professionals” rekruting agentligi vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ish beruvchi talabi, ushbu yurtda ishlash tartibi batafsil tushuntirildi”, – deyiladi xabarda.

Britaniya tomoni o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari, jumladan hamshiralar o‘rta tibbiy xodim sifatida faoliyat yuritish bilan cheklanib qolmasligi, balki qobiliyati, intilishi, tajribasi va til bilishidan kelib chiqib, vazifasi nuqtayi nazaridan o‘sish imkoniga ega bo‘lishini ta’kidladi.

“NEU Professionals” rekruting agentligi 2013-yil chet ellik tibbiyot mutaxassislarini Buyuk Britaniyaning Oksford universiteti shifoxonasi va boshqa tibbiyot muassasalari uchun yollashga ko‘maklashish maqsadida tashkil etilgan. Kompaniya xorijdan tibbiyot mutaxassislarini Angliya va Uelsga yetkazib berish bilan shug‘ullanmoqda.


Bu ham qiziq

Isroil G‘azodagi qochqinlar lageriga zarba berdi

Isroil G‘azodagi qochqinlar lageriga zarba berdi

Havo hujumi natijasida 14 nafar tinch aholi halok bo‘lib, o‘ndan ortiq odam jarohatlangan.
12:09 / 14.05.2024
Putin 16-17-may kunlari Xitoyga tashrif buyuradi

Putin 16-17-may kunlari Xitoyga tashrif buyuradi

Bu Putinning o‘z lavozimiga kirishganidan so‘ng birinchi xorijiy safari hisoblanadi.
14:20 / 14.05.2024
Ilon Mask Starship kemasining to‘rtinchi parvozi vaqtini e’lon qildi

Ilon Mask Starship kemasining to‘rtinchi parvozi vaqtini e’lon qildi

Qayta foydalanish mumkin bo‘lgan Super Heavy kuchaytirgichi va Starship Yerga vertikal qo‘nishi kutilmoqda.
15:10 / 13.05.2024
Ozodbek Nazarbekovning otasi vafot etdi

Ozodbek Nazarbekovning otasi vafot etdi

O‘zbekiston xalq artisti, madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning otasi Ahmad Nazarbekov vafot etdi.
08:43 / 14.05.2024
Afg‘onistondagi suv toshqinlari oqibatida 315 kishi halok bo‘ldi

Afg‘onistondagi suv toshqinlari oqibatida 315 kishi halok bo‘ldi

Bir kun avval departament 153 nafar tabiiy ofat qurbonlari haqida gapirgan edi.
12:00 / 13.05.2024
Rossiya mudofaa vaziri lavozimidan ketadi

Rossiya mudofaa vaziri lavozimidan ketadi

Sergey Shoygu hukumatning yangi tarkibi tasdiqlangandan so‘ng o‘z lavozimini tark etadi. Putin mudofaa vazirligi rahbari lav…
08:48 / 13.05.2024
Qaysi hududda yangi korxonalar ko‘proq tashkil etilgani ochiqlandi

Qaysi hududda yangi korxonalar ko‘proq tashkil etilgani ochiqlandi

2024-yilning yanvar-mart oylarida jami 19 767 ta yangi korxona tashkil etilgan.
14:09 / 14.05.2024
“O‘zbekistonda yashayotgan barcha millatli vatandoshlar o‘zbek tilini bilishlari shart” – Alisher Qodirov Volodinga javob qaytardi

“O‘zbekistonda yashayotgan barcha millatli vatandoshlar o‘zbek tilini bilishlari shart” – Alisher Qodirov Volodinga javob qaytardi

So‘zsiz, Rossiyaga ishga borayotganlar rus tilini bilishlari shart, lekin bu O‘zbekistonda yashayotgan ruslarni o‘zbek tilin…
10:52 / 14.05.2024
Blinken e’lon qilinmagan tashrif bilan Kiyevga bordi

Blinken e’lon qilinmagan tashrif bilan Kiyevga bordi

AQSh davlat kotibi Zelenskiy bilan Qo‘shma Shtatlarning yangi yordam paketi ta’sirini va Vashingtonning Kiyevni qo‘llab-quvv…
10:09 / 14.05.2024
Shimoliy Makedoniyaning birinchi ayol prezidenti rasman o‘z lavozimiga kirishdi

Shimoliy Makedoniyaning birinchi ayol prezidenti rasman o‘z lavozimiga kirishdi

Marosimda sud va ijro hokimiyati organlarining yuqori martabali vakillari ishtirok etgan.
17:26 / 13.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!