$
12699.85 UZS
-18.23
139.02 UZS
1.2
13694.25 UZS
-15.84
34° Kechasi 21°

Samarqanddagi yangilanayotgan aeroport hududida XVII asrga oid qabrtoshlar topildi

16:43 / 04.11.2021

Samarqandda yangilanayotgan aeroport hududiga qo‘shilishi kerak bo‘lgan yangi hududdan qadimiy qabrtoshlari topildi. 

Samarqand viloyati madaniy meros boshqarmasi mutaxassislari olib borgan o‘rganishlarga ko‘ra, mazkur qabrtoshlar haqiqatda qadimiy bo‘lib, ular qurilish ishlari olib borilayotgan hududdagi dala hovlilar o‘rnida aniqlangan.

Qabrtoshlar Samarqand arxeologiya instituti va SamDU Tarix fakulteti xodimlari tomonidan o‘rganildi. O‘rganish jarayonida o‘lchami 154x50x34 santimetrli sandiq shaklidagi qabrtosh oq marmardan ishlangani va toshning usti va yon tomonlarida “Baqara” surasining 254, 256-oyatlari tushirilgani ma’lum bo‘ldi. Qabrtoshning ayrim qismlari yaxshi saqlamaganligi shaxsning dafn etilgan vaqti va to‘liq ism-sharifi haqida ma’lumot olish imkonini bermagan. Ammo shikast yetmagan qismidagi “Oqila bibi” degan yozuv o‘qib olingan. 

Ikkinchi qabrtosh ham sandiq shaklida bo‘lib, qora marmar toshdan ishlangan, unda hijriy 1049-yil (milodiy 1659-yil) sanasi bitilgan, o‘lchami 116x37x25 sm. Qabrtosh sohibining ismi yozilgan tomoniga shikast yetganligi sababli hozircha bu borada ma’lumot mavjud emas. 
Madaniy meros agentligining Xabardor.uz’ga ma’lum qilishicha, ayni vaqtda tadqiqot ishlari davom etmoqda. 

Qabrtoshlar Samarqand xalqaro aeroporti MChJ tomonidan Samarqand o‘lkashunoslik muzeyiga olib kelindi, tadqiqot ishlari davom etmoqda.


Bu ham qiziq

Ilon Mask Starship kemasining to‘rtinchi parvozi vaqtini e’lon qildi

Ilon Mask Starship kemasining to‘rtinchi parvozi vaqtini e’lon qildi

Qayta foydalanish mumkin bo‘lgan Super Heavy kuchaytirgichi va Starship Yerga vertikal qo‘nishi kutilmoqda.
15:10 / 13.05.2024
Stilist sochni parvarish qilishdagi asosiy xatolarni ma’lum qildi

Stilist sochni parvarish qilishdagi asosiy xatolarni ma’lum qildi

Professional sartaroshlar bosh terisi holatiga e’tibor berishadi, - tushuntirdi Levina.
09:48 / 14.05.2024
Bu yil 10 ta xalqaro avtobus yo‘nalishi ochiladi

Bu yil 10 ta xalqaro avtobus yo‘nalishi ochiladi

Bu haqda Transport vazirligi xabar qildi.
17:30 / 13.05.2024
“Rossiyaga ishlashga keladiganlar rus tilini bilishi shart” – Rossiya davlat Dumasi

“Rossiyaga ishlashga keladiganlar rus tilini bilishi shart” – Rossiya davlat Dumasi

Rossiya davlat dumasi Vyacheslav Volodin Rossiyaga kelganlar rus tilini bilishi kerakligini aytdi. Endi Rossiyaga kirmoqchi …
09:09 / 14.05.2024
Qozog‘istonning sobiq iqtisodiyot vaziri Kuandik Bishimbayev 24 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

Qozog‘istonning sobiq iqtisodiyot vaziri Kuandik Bishimbayev 24 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

Bu ish nafaqat Qozog‘istonda, balki boshqa ko‘plab mamlakatlarda ham kuzatilgan.
20:33 / 13.05.2024
Prezident Osiyo xotin-qizlari forumi ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

Prezident Osiyo xotin-qizlari forumi ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

"Sizlarni qadimiy va navqiron Samarqand shahrida qizg‘in qutlash hamda o‘zimning yuksak hurmat-ehtiromim va ezgu tilaklarimn…
08:56 / 14.05.2024
Afg‘onistondagi suv toshqinlari oqibatida 315 kishi halok bo‘ldi

Afg‘onistondagi suv toshqinlari oqibatida 315 kishi halok bo‘ldi

Bir kun avval departament 153 nafar tabiiy ofat qurbonlari haqida gapirgan edi.
12:00 / 13.05.2024
G‘azoda qurbonlar soni 35 mingdan oshdi

G‘azoda qurbonlar soni 35 mingdan oshdi

Oxirgi 24 soat ichida anklavning yana 63 nafar aholisi halok bo‘ldi.
10:02 / 13.05.2024
Bugun, 14-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Bugun, 14-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 14-may kuni Toshkentda havo o‘zgarib tur…
07:46 / 14.05.2024
13-may kuni havo harorati 35 darajagacha isiydi

13-may kuni havo harorati 35 darajagacha isiydi

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 13-may kuni Toshkentda havo biroz bulutl…
16:54 / 12.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!