$
12699.85 UZS
-18.23
139.02 UZS
1.2
13694.25 UZS
-15.84
34° Kechasi 21°

Samarqanddagi yangilanayotgan aeroport hududida XVII asrga oid qabrtoshlar topildi

16:43 / 04.11.2021

Samarqandda yangilanayotgan aeroport hududiga qo‘shilishi kerak bo‘lgan yangi hududdan qadimiy qabrtoshlari topildi. 

Samarqand viloyati madaniy meros boshqarmasi mutaxassislari olib borgan o‘rganishlarga ko‘ra, mazkur qabrtoshlar haqiqatda qadimiy bo‘lib, ular qurilish ishlari olib borilayotgan hududdagi dala hovlilar o‘rnida aniqlangan.

Qabrtoshlar Samarqand arxeologiya instituti va SamDU Tarix fakulteti xodimlari tomonidan o‘rganildi. O‘rganish jarayonida o‘lchami 154x50x34 santimetrli sandiq shaklidagi qabrtosh oq marmardan ishlangani va toshning usti va yon tomonlarida “Baqara” surasining 254, 256-oyatlari tushirilgani ma’lum bo‘ldi. Qabrtoshning ayrim qismlari yaxshi saqlamaganligi shaxsning dafn etilgan vaqti va to‘liq ism-sharifi haqida ma’lumot olish imkonini bermagan. Ammo shikast yetmagan qismidagi “Oqila bibi” degan yozuv o‘qib olingan. 

Ikkinchi qabrtosh ham sandiq shaklida bo‘lib, qora marmar toshdan ishlangan, unda hijriy 1049-yil (milodiy 1659-yil) sanasi bitilgan, o‘lchami 116x37x25 sm. Qabrtosh sohibining ismi yozilgan tomoniga shikast yetganligi sababli hozircha bu borada ma’lumot mavjud emas. 
Madaniy meros agentligining Xabardor.uz’ga ma’lum qilishicha, ayni vaqtda tadqiqot ishlari davom etmoqda. 

Qabrtoshlar Samarqand xalqaro aeroporti MChJ tomonidan Samarqand o‘lkashunoslik muzeyiga olib kelindi, tadqiqot ishlari davom etmoqda.


Bu ham qiziq

Bugun, 12-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Bugun, 12-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 12 may kuni Toshkentda havo o‘zgarib tur…
00:06 / 12.05.2024
Ilon Mask Starship kemasining to‘rtinchi parvozi vaqtini e’lon qildi

Ilon Mask Starship kemasining to‘rtinchi parvozi vaqtini e’lon qildi

Qayta foydalanish mumkin bo‘lgan Super Heavy kuchaytirgichi va Starship Yerga vertikal qo‘nishi kutilmoqda.
15:10 / 13.05.2024
Bu yil 10 ta xalqaro avtobus yo‘nalishi ochiladi

Bu yil 10 ta xalqaro avtobus yo‘nalishi ochiladi

Bu haqda Transport vazirligi xabar qildi.
17:30 / 13.05.2024
Ayol va erkak organizmidagi farqlar

Ayol va erkak organizmidagi farqlar

Ayollar anatomiyasi shunchaki erkaklarning “kichikroq versiyasi” emas.
17:21 / 13.05.2024
Tailandda anomal issiq oqibatida 60 nafar kishi halok bo‘ldi

Tailandda anomal issiq oqibatida 60 nafar kishi halok bo‘ldi

Osiyo qitʼasi dunyodagi boshqa hududlarga qaraganda tezroq isimoqda.
09:46 / 12.05.2024
Shimoliy Makedoniyaning birinchi ayol prezidenti rasman o‘z lavozimiga kirishdi

Shimoliy Makedoniyaning birinchi ayol prezidenti rasman o‘z lavozimiga kirishdi

Marosimda sud va ijro hokimiyati organlarining yuqori martabali vakillari ishtirok etgan.
17:26 / 13.05.2024
Almati-Nukus havo yo‘nalishida yangi reys ochildi

Almati-Nukus havo yo‘nalishida yangi reys ochildi

Parvozlar haftasiga ikki marta amalga oshiriladi.
12:45 / 13.05.2024
Quyoshdan quvvatlanadigan dron ixtiro qilindi

Quyoshdan quvvatlanadigan dron ixtiro qilindi

Eʼtiborlisi, bu borada texnologiyadagi ixtirolarning quvvat olishida ham aynan shunga alohida eʼtibor qatishmoqda.
11:02 / 12.05.2024
Rossiya mudofaa vaziri lavozimidan ketadi

Rossiya mudofaa vaziri lavozimidan ketadi

Sergey Shoygu hukumatning yangi tarkibi tasdiqlangandan so‘ng o‘z lavozimini tark etadi. Putin mudofaa vazirligi rahbari lav…
08:48 / 13.05.2024
Qirg‘izistondagi zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

Qirg‘izistondagi zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

Zilzila episentri Toshkentdan 208 km shimoliy-sharqda.
12:01 / 13.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!