$
12670.05 UZS
37.83
138.00 UZS
3.61
13560.75 UZS
82.17
23° Kechasi 15°

Birinchi prezident qatnashgan video ekstremistik material sanalmoqda

18:32 / 22.03.2024

O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov va O‘zbekiston Islomiy Harakati terrorchilik tashkiloti rahbari Tohir Yo‘ldosh o‘rtasidagi suhbat aks etgan video sudga oid dinshunoslik ekspertizasining 2023-yil 17-oktyabrdagi ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, ekstremistik va konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz qilishni ifodalovchi materiallar qatoriga kiritildi. Bu haqda “Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov ma’lum qildi.


“Men ilovada keltirayotgan videolavha 1991-yili Namanganda prezident Islom Karimovning tashrifi munosabati bilan olingan. Keyinchalik AQShning Afg‘onistondagi aksilterror kuchlari tomonidan yo‘q qilingan terrorchi Tohir Yo‘ldoshning prezident bilan munozarasi videoda aks etadi”, degan u o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
Qayd etilishicha, oradan 33-yil vaqt o‘tishiga qaramay, bugun mazkur videoni kimgadir yuborgan shaxs konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz qilgan hisoblanadi.
Misol uchun, ayni paytda Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani "Chirchiq" mahallasi Shodon ko‘chasida yashovchi fuqaro S.Sh. shu video havolasini otasiga ulashgani uchun O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 159-moddasi (Konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz qilish) bilan ayblanmoqda.
“Currenttime” nashri tomonidan e’lon qilingan S.Sh.ning ayblov xulosasida keltirilishicha, gumonlanuvchi o‘tgan yilning sentyabr oyida otasiga Karimov va Tohir Yo‘ldosh ishtirokidagi videoni jo‘natgani uchun qo‘lga olingan. Sud-teologik ekspertizasi ham ushbu videoni “ekstremistik” xususiyatga ega deb topgan.
Ayni paytda 1991-yilda Namanganda sodir bo‘lgan voqea videosi bundan o‘n yil avval YouTube platformasiga joylangan bo‘lib, hozirgacha omma e’tiborida. Uni deyarli yetti million kishi tomosha qilishga ham ulgurgan.
1991-yil 9-dekabrda sodir bo‘lgan voqealarda terrorchilik guruhi vakillari Islom Karimov oldiga bir qancha talablarni qo‘ygan, birinchi prezident esa ularni ko‘rib chiqishini aytgan.
Ekspertlarning fikricha, 2009-yilda o‘ldirilgan Tohir Yo‘ldoshni 2016-yilda Oliy sud ekstremistlar ro‘yxatiga kiritgan. Shu bois ham uning nutqi yoki surati tushirilgan har qanday materiallar amaldagi davlat tuzumiga tajovuz sifatida baholanadi.


Bu ham qiziq

Ayol rekord darajadagi baliqni ovladi

Ayol rekord darajadagi baliqni ovladi

Eslatib o‘tamiz, avvalgi rekord baliq 30,8 kilogrammni tashkil qilgan.
09:54 / 03.05.2024
Mirziyoyev Putinning yordamchisi bilan uchrashdi

Mirziyoyev Putinning yordamchisi bilan uchrashdi

Uchrashuv avvalida Maksim Oreshkin davlatimiz rahbariga Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini…
20:14 / 02.05.2024
Bo‘stonliq tumaniga olib boruvchi avtomobil yo‘li vaqtincha yopiladi

Bo‘stonliq tumaniga olib boruvchi avtomobil yo‘li vaqtincha yopiladi

Fuqarolardan Chirchiq shahri orqali harakatlanish tavsiya etilmoqda.
15:23 / 01.05.2024
Oyog‘izngiz muntazam og‘riyotgan bo‘lsa, kasallikning belgisi bo‘lishi mumkin

Oyog‘izngiz muntazam og‘riyotgan bo‘lsa, kasallikning belgisi bo‘lishi mumkin

Quyida ular haqida batafsil ma’lumot beramiz.
14:34 / 02.05.2024
Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi

Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi

Avvalroq, Turkiya TIV rahbari Xakan Fidan G‘azo sektoridagi harakatlari tufayli Isroilga qarshi sanksiyalar majmuasini e’lon…
21:14 / 02.05.2024
Yevropa kutubxonalaridan rus yozuvchilarining 170 dan ortiq nodir kitoblari o‘g‘irlangan

Yevropa kutubxonalaridan rus yozuvchilarining 170 dan ortiq nodir kitoblari o‘g‘irlangan

Eng ko‘p o‘g‘irlangan asarlar orasida Aleksandr Pushkinning asarlari bor.
12:28 / 02.05.2024
Vazn tashlash uchun kaloriyalarni hisoblashdan ko‘ra, ovqatlanish vaqtini tartibga solish muhim

Vazn tashlash uchun kaloriyalarni hisoblashdan ko‘ra, ovqatlanish vaqtini tartibga solish muhim

Bu masalaning muammoligi shundaki, ortiqcha vazn ko‘plab kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkin.
10:57 / 03.05.2024
Toshkentdagi ko‘chalardan biri bir oy muddatga yopildi

Toshkentdagi ko‘chalardan biri bir oy muddatga yopildi

Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
15:02 / 02.05.2024
O‘zbekistonda eng ko‘p ish beruvchi 10 ta kompaniya nomi e’lon qilindi

O‘zbekistonda eng ko‘p ish beruvchi 10 ta kompaniya nomi e’lon qilindi

Yuqori o‘rinni NKMK va OKMK egallagan.
17:12 / 01.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!