$
12670.05 UZS
37.83
138.00 UZS
3.61
13560.75 UZS
82.17
23° Kechasi 15°

Bugun, 20-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

09:25 / 20.04.2024

Respublika Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 20-aprel kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 12-14, kunduzi 25-27 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 13-18 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 13-18, kunduzi 25-30 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15, kunduzi 24-29 daraja iliq bo‘ladi.

Samarqand va Jizzax viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15, kunduzi 24-29 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 13-18, kunduzi 24-29 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15, kunduzi 24-29 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘oldi va tog‘li tumanlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 2000 metrdan baland tog‘li tumanlarida qor ko‘chishi xavfi bor. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-12, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.


Bu ham qiziq

Qirg‘iziston TIV o‘z fuqarolariga Rossiyaga bormaslikni tavsiya qilmoqda

Qirg‘iziston TIV o‘z fuqarolariga Rossiyaga bormaslikni tavsiya qilmoqda

Bu haqda kz.kursiv.media xabar berdi.
09:59 / 03.05.2024
Vashingtonda Falastinni qo‘llab-quvvatlab, namoyish o‘tkazildi

Vashingtonda Falastinni qo‘llab-quvvatlab, namoyish o‘tkazildi

Amerika poytaxti markazida Falastinni qo‘llab-quvvatlash uchun o‘nlab namoyishchilar shaharning Markaziy ko‘chalari bo‘ylab …
09:49 / 02.05.2024
3-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

3-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 3-may kuni Toshkentda havo o‘zgarib tura…
22:49 / 02.05.2024
Taniqli kinoaktyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi

Taniqli kinoaktyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi

O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, taniqli kinoaktyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi.
12:56 / 02.05.2024
Yevropa kutubxonalaridan rus yozuvchilarining 170 dan ortiq nodir kitoblari o‘g‘irlangan

Yevropa kutubxonalaridan rus yozuvchilarining 170 dan ortiq nodir kitoblari o‘g‘irlangan

Eng ko‘p o‘g‘irlangan asarlar orasida Aleksandr Pushkinning asarlari bor.
12:28 / 02.05.2024
Ayol rekord darajadagi baliqni ovladi

Ayol rekord darajadagi baliqni ovladi

Eslatib o‘tamiz, avvalgi rekord baliq 30,8 kilogrammni tashkil qilgan.
09:54 / 03.05.2024
O‘zbekistonda eng ko‘p ish beruvchi 10 ta kompaniya nomi e’lon qilindi

O‘zbekistonda eng ko‘p ish beruvchi 10 ta kompaniya nomi e’lon qilindi

Yuqori o‘rinni NKMK va OKMK egallagan.
17:12 / 01.05.2024
Ayni vaqtda Yerda 7 ballik magnit bo‘ronlari kuzatilmoqda

Ayni vaqtda Yerda 7 ballik magnit bo‘ronlari kuzatilmoqda

Bu haqda Meteoprog xabar berdi.
12:03 / 03.05.2024
Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidenti Javdat Yilmaz boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidenti Javdat Yilmaz boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Vitse-prezidenti Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan.
18:07 / 01.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!