"Uzbekistan Airways" 18-maydan boshlanadigan aviaqatnovlar jadvalini e’lon qildi

  • 10:51 / 16.05.2020
  • 401

"Uzbekistan Airways" kompaniyasining xabariga ko‘ra, joriy yilning 18-may kunidan boshlab Nukus, Termiz va Urganch shaharlariga qatnovlarini quyidagi jadval asosida amalga oshiradi:

Toshkent-Urganch-Toshkent (dushanba, payshanba)

Toshkentdan ketish: 09-00, Urganch shahriga kelish: 10-30
Urganch shahridan ketish: 13-30, Toshkentga kelish: 14-50

Toshkent-Nukus-Toshkent (seshanba, juma)

Toshkentdan ketish: 09-00, Nukusga kelish: 10-40
Nukus shahridan ketish: 13-40, Toshkentga kelish: 15-00

Toshkent-Termiz-Toshkent (chorshanba, shanba)

Toshkentdan ketish: 09-00, Termezga kelish: 10-20
Termiz shahridan ketish: 13-20, Toshkentga kelish: 14-30

Aviakompaniya yo‘lovchilarni qatnovga ro‘yxatdan o‘tish va havo kemasida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish tartibiga o‘zgartirishlar kiritilgani haqida ogohlantirmoqda. 

Ushbu tartibga ko‘ra, aviakompaniya qatnovlariga sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi Markazi tomonidan koronavirus infeksiyasiga test tahlillari olinganligiga 120 soatdan ko‘p bo‘lmagan hamda tahlil natijasi “manfiy” ekanligi haqidagi ma’lumotnomasi bo‘lgan yo‘lovchilargina kiritiladi.

Aviachiptalarni onlayn yoki "Uzbekistan Airways Sales" (sobiq havo yoְ‘llari Bosh agentligi) kassalarida va aeroportlarda barcha karantin talablariga qat’iy rioya qilgan holda xarid qilish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, 8-may kunidan boshlab Toshkent shahridan Nukus, Urganch, Termiz shaharlariga aviaqatnovlar (borish va qaytish) tiklanishi haqida xabar bergan edik. Mazkur qaror asosida Toshkent shahridan Navoiy, Buxoro, Qarshi shaharlariga “Afrosiyob” tezyurar poyezdi hamda Farg‘ona vodiysiga temir yo‘l qatnovlari ham (borish va qaytish) qayta yo‘lga qo‘yiladi.