“70 million dollarlik” Porsche Type 64 aslida qancha turadi?

  • 19:00 / 03.09.2019
  • 920

O‘tgan hafta AQShning Kaliforniya shtatida bo‘lib o‘tgan RM Sotheby’s kimoshdi savdosiga eng keksa avtomobil — Porsche Type 64 qo‘yildi. Ushbu nomdagi avtomobillar asoschisi Ferdinand Porsche uni 1939-yilda ishlab chiqqan bo‘lib, bu sport avtomobili Berlin - Rim yo‘nalishidagi marafonda qatnashish uchun moslashtirilgan edi. Ammo u “Porsche” nomini keyinchalik, yaratilganidan 10 yil o‘tib olgan. Porsche Type 64 ning qimmati shundaki, u “Porsche” brendi asoschisining shaxsan o‘zi boshqargan va bugungi kungacha saqlanib qolgan yagona mashinadir.

Biroq, yetakchi kimoshdi savdo uyida kuzatilgan qo‘pol xato tufayli, ushbu antikvar avtomobil yangi egasini topa olmadi. Taxminlarga ko'ra, sport avtomobili taxminan 20 million AQSh dollari atrofida sotilishi mo‘ljallanayotgan edi. Lekin negadir uning boshlang'ich narxi auksion tablosida 30 million dollar deb ko‘rsatildi. Kimoshdi savdosida nafaqat raqamlar e’lon qilindi, balki u elektron tabloda ham ko'rsatilgandi. Shu sababli ham ekrandagi raqamlar tadbir ishtirokchilarining hayajoniga sabab bo֥‘ldi va savdolashuv jarayoni tugaganida bu ko‘rsatkich 70 million AQSh dollaridan oshib ketdi.

relates to Porsche’s Type 64 Nazi Car Fails to Sell Amid Auction Blunder

Agar Porsche Type 64 haqiqatan ham ushbu summaga sotilganida, RM Sotheby’s kimoshdi savdosida jahon rekordi o'rnatilgan bo‘lar edi. Ammo biroz vaqt o‘tib, ekrandagi raqamlar 17 millionga o‘zgartirildi. Bu o‘zgarish esa ishtirokchilar orasida keskin norozilikka sabab bo‘ldi, hozir bo‘lganlar kimoshdi savdosi bo‘layotgan zalni tark etdilar va oqibatda kimoshdi savdosi natijasiz yakunlandi. Chunki Porsche Type 64 sportkari auksiondan kutilgan summa — 20 million AQSh dollarini yig‘olmadi.

Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, yig‘ilgan kolleksionerlar vaziyatni “katta muvaffaqiyatsizlik” va “noo‘rin hazil” deb atashdi. O‘z navbatida, kimoshdi savdosi uyi ham taqdimotchi va xaridorlar o‘rtasidagi mazkur tushunmovchilikka to‘xtalib o‘tdi: unda aytilishicha, bu ekranda raqamlarni berib borayotgan texnik xodim mijozlarning so‘zlarini noto‘g‘ri eshitganligi ortidan kelib chiqqan. Ya’ni u xaridorlarning “thirteen” (inlizcha - o‘n uch) deganini “thirty” (o'ttiz) deb, seventeen (o‘n yetti)ni esa “seventy” (yetmish) deb eshitgan. 
 
Shunday qilib, dunyodagi eng qadimgi Porsche hali ham o‘z xaridorini kutmoqda.