“Agora Awards – 2019” tanlovidan ajoyib suratlar 10 taligi

  • 15:06 / 08.09.2019
  • 1538

AGORA images’ning bepul ilovasida 9 oylik tanlov e’lon qilingach, butun dunyodagi fotosuratchilar tomonidan 130 000 dan ortiq arizalar qabul qilindi

2019-yilda dunyoning 21 mamlakatidan kelgan fotosuratchilar asosiy sovrin – 25 ming AQSh dollari uchun raqobatlashdilar. Tanlov shartlariga ko‘ra, fotosurat janri istalgan yo‘nalishda bo‘lishi mumkin va g‘alaba qozonish uchun ular ko‘proq ovoz olishi kerak.

Sahroda yolg‘iz

Sahara cho‘lida harakat qilayotgan ko‘chmanchi badaviylar. Ushbu surat Marokashning Merzug tepaligidan turib olingan. Muallif: ispaniyalik Karles Alonso.

Tutatqilar

Vetnamda tayyorlangan. Ularni tirik odamlarni ajdodlar va xudolar bilan bog‘laydigan marosimlarda qo‘llashadi. Muallif: Xan Fan

Hayot ranglari

Ayollar bozorga sotgani yuborish uchun G‘arbiy Bengaliyada baliq ovlashadi. Muallif: Pranab Basak

Qora Disneylend

Noyshvanshtayn qal’asining vertikal panoramasi. Muallif: Tommi Matz (Germaniya) 

Osmonga yetishish

Fransuz qal’asi Mont Saint-Mishel tuman bilan qoplangan. Muallif: Konrad Parux

Muz dengizi

Professional fotograf bu rasmni Antarktidada oldi. U yerda tyulenlar muz ustida yotishni yaxshi ko‘radilar. Muallif: fransiyalik Florian Ledoux 

Moviy ko‘z

Fotograf o‘z o‘g‘lini suratga muhrladi. Muallif: Pedro Luis Ajuriagerra Saiza (Ispaniya) 

Tabiat har doim g‘alaba qozonadi

Fransiyaning Bretan shahrida kema halokati. Muallif: Charli Bertxaume

Yugurish zavqi

Yosh rohiblar Sinbyume-Payya havolari bilan o‘ynashadi. Muallif: Ling Ling (Myanma) 

Ari va uning o‘ljasi

Muallif: indoneziyalik Imam Primaxardi

Teglar