“Arsenal” Mixitaryanni “Roma” hujumchisiga almashtirmoqchi

  • 16:14 / 14.06.2020
  • 283

Angliya premyer-ligasining “Arsenal” hamda Italiya A seriyasining “Roma” klublari mavsum yakunida o‘zaro futbolchi almashish masalasini muhokama qilishyapti, deb xabar bermoqda “La Gazzetta dello Sport” nashri. 
Rimliklar inglizlardan yarimhimoyachi Genrix Mixitaryanni 12-14 mln. yevroga sotib olishga tayyor. Ayni paytda 31 yoshli arman futbolchisi “bo‘rilar” safida ijara asosida to‘p suryapti. 

O‘z navbatida “Arsenal” ham “Roma” hujumchisi Jastin Klyuvertni 34-40 mln. yevro evaziga qo‘lga kiritish niyatida. 

Shu tariqa 21 yoshli niderlandiyalik futbolchi londonliklar safiga qo‘shilishi mumkin. To‘pchilar uning uchun Mixitaryanni berib, ustiga qo‘shimcha pul to‘lashga ham rozi.