“Atletiko” fanatlari Grizmannga o‘lim tiladi

  • 19:19 / 02.12.2019
  • 111

Kuni kecha, ikkala klubning “Vanda Metropolitano” stadionida o‘tgan La Liga doirasidagi o‘yinida mezbon muxlislar Grizmannga nisbatan hushtakbozlik qilib, turli haqoratlarni yog‘dirishgan. Xususan, “Grizmann o‘lib ket” qichqirig‘i yangragan

Endi La Liga bu mojaro yuzasidan sportdagi zo‘ravonlikka qarshi kurash Qo‘mitasiga shikoyat bermoqchi.

Eslatib o‘tamiz, o‘yin “Barselona”ning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi. 

Ma’lumot uchun: Grizmann yozda “Atletiko”dan “Barselona”ga 120 mln. yevro evaziga o‘tgan edi.

Teglar