“Chelsi” PSJ hujimchisini sotib olish fikridan qaytdi

  • 17:00 / 14.06.2020
  • 358

Londonning “Chelsi” klubi rahbariyati “Parij Sen-Jermen” futbolchisi Edinson Kavani bilan kelishuv shartnomasini imzolashdan voz kechish haqida qaror qabul qildi, deb xabar bermoqda Football London nashri. 

Xabarga ko‘ra, ingliz klubi futbolchi talab qilayotgan maosh haddan tashqari baland va ular Kavniga “PSJ”da to‘lanayotgan qiymatdagi pulni berishga tayyor emas. 

2013-yildan buyon fransuz klubi tarkibida to‘p tepayotgan urugvaylik futbolchi shu yil yozda erkin agent sifatida jamoani tark etadi

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Italiyaning “Inter” klubi ham urugvaylik hujumchiga qiziqish bildirayotgani haqida xabar qilgandik