“Dorian” to‘foni tufayli 2,5 ming kishi bedarak yo‘qoldi

  • 18:07 / 12.09.2019
  • 75

  Bagam orollarida “Dorian” to‘foni tufayli 2,5 ming kishi bedarak yo‘qolgan. 

Xabarga ko‘ra, yo‘qolganlarning soni kamayishi mumkin. Favqulodda vaziyatlarni boshqarish milliy agentligi vakili ma’lumotlar bazasi ishlanayotganini va evakuatsiya qilinganlarning ba’zilari hali ham o‘z ismlarini ro‘yxatda qayd ettirmaganini ta’kidladi.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar soni hozirda 50 kishini tashkil qiladi. Shuningdek, o‘n minglab odamlar hali ham yordamga muhtoj.

AQSh hukumatining xabar berishicha, 5 mingga yaqin odam evakuatsiya qilingan, ammo hali ham 6-7 mingtacha kishiga yordam kerak. Hozirda yuzlab odamlar Nassau shahridagi vaqtinchalik boshpanalarda saqlanmoqda. Favqulodda vaziyat xizmati xodimlari Abako orolida ikkita chodir lageri qurishni rejalashtirgan.

Avvalroq, “Dorian” to‘foni tufayli BMT Bagam orollariga gumanitar yordam yuborgani haqida xabar qilgan edik

Teglar