“Garri Potter” eng boylardan iborat top-10 talikka kirdi

  • 12:28 / 18.05.2020
  • 1316

Mashhur aktyor, “Garri Potter” filmi orqali hammaga yaxshi tanish Deniyel Redkliff Britaniyaning eng boy yoshlaridan iborat top-10 talikdan joy oldi.
Deniyel ushbu reytingda to‘qqizinchi o‘rinni egallagan. The Sunday Times nashrining baholashiga ko‘ra, aktyorning moliyaviy holati 94 mln funt sterlingni tashkil qiladi.
Uning hamkasbi “Germiona Greynjer” – Emma Uotson esa 52 mln funt sterling bilan reytingdan 11-o‘rinni egallagan.
Reytingning yetakchiligi gersog Xyu Grovenorga nasib qildi. Gersogning bor boyligi 10,295 mlrd funt sterling, deb baholangan.