“Garri Potter”ning qayerda “tug‘ilgani” oshkor bo‘ldi

  • 09:48 / 23.05.2020
  • 648

Ko‘pchilik mashhur “Garri Potter” asari qayerda yozilganligiga qiziqadi. Britaniyalik yozuvchi, “Garri Potter”ning yaratuvchisi Joan Rouling bosh qahramonning “tug‘ilish” sirini oshkor qildi.

Kitob ijaradagi uyda yozilgan

Roulingning aytishicha, “Garri Potter” haqidagi ilk kitob Londondagi ijaradagi kvartirada yozilgan ekan. Uy sport magazinining ustida joylashgan bo‘lgan. Ushbu xonadon suratini yozuvchining o‘zi o‘z Twitter’iga joylashtirgan.
Hozirda bu kvartira eshigiga “bu yerda Garri Potter tug‘ilgan” degan taxtakach osilgan “The Elephant House”  nomli kafega aylangan. Roling ushbu “Garri Potter” tug‘ilgan kafeda bo‘lgan. Ammo yozuvchi Portugaliyada joylashgan va ko‘plab kitobxonlarni o‘ziga chorlovchi “Garri Potter kutubxonasi” deb atalgan kitob do‘konida bo‘lmaganligini qayd etgan.

Sal avvalroq “Garri Potter” eng boylardan iborat top-10 talikka kirganligi haqida xabar qilgan edik.