“Google Chrome” dasturi irqchilik sabab o‘zgaryapti

  • 18:06 / 09.06.2020
  • 950

Google tarkibidagi Chromium loyihasi qatnashchilari irqiy kamsitishlarga qarshi kurash fonida dasturga tuzatish kiritishyapti. O‘zgartirishlar tashkilot saytida e’lon qilindi.

Jumladan, Chromimum loyihasi tarkibiga kiradigan Chrome brauzeridan “blacklist” va “whitelist” (inglizchadan “qora ro‘yxat” va “oq ro‘yxat”) so‘zlari o‘chirib tashlanadi. Loyiha vakillarining so‘zlariga ko‘ra, ushbu o‘zgarish irqchilikka qarshi kurash doirasida amalga oshirildi. Shuningdek, Chromium loyihasi dasturchilarga “yanada umumiyroq atama”lardan foydalanishni tavsiya qildi.  

Xabarda aytilishicha, amaldagi “blacklist” va “whitelist” so‘zlari “blocklist” va “allowlist” (inglizchadan “bloklangan ro‘yxat”, va “ruxsat etilgan ro‘yxat”) jumlalariga almashtiriladi. Dasturchilar bu brauzerning ish faoliyatiga hech qanday funksional ta’sir ko‘rsatmasligini bildirdi. 

Jurnalistlar Chromium loyihasida 2019-yilning oktyabr oyidayoq irqiy jihatdan neytral so‘zlarni qo‘llash taklifi bildirilganini, dasturning ko‘pgina joylarida “oq ro‘yxat” va “qora ro‘yxat” eslatmalari uchrashini ta’kidlashmoqda.

Avvalroq blacklist/whitelist hamda master/slave (inglizchadan so‘zma-so‘z tarjimasi “xo‘jayin” va “qul” degani) Google tomonidan ishlab chiqilgan “Go” dasturining til bazasidan o‘chirib tashlangandi