“HUMAN” xususiy bandlik agentligi”ning ishi sudga oshirildi

  • 19:49 / 11.12.2019
  • 315

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti tomonidan “HUMAN” xususiy bandlik agentligi” MChJ rahbari Sh.Fayzullayevga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari yakunlanib, jinoyat ishi bo‘yicha ayblov xulosasi Toshkent viloyat prokuraturasi tomonidan 11.12.2019 yilda tasdiqlanib, jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudiga yuborildi.

Bu huqida O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining telegramdagi rasmiy kanalida ma’lum qilindi.

Jabrlanuvchilarga yetkazilgan zararni qoplash maqsadida ayblanuvchi Sh.Fayzullayevga tegishli bo‘lgan xonadonlar, avtomashinalar, qimmatbaho mol-mulklar xatlangan va naqd pullar olinib, IIV depozit hisob raqamiga topshirilgan.

Shuningdek, “HUMAN” xususiy bandlik agentligi” MChJ mansabdor shaxslari tomonidan fuqarolardan olingan juda ko‘p miqdordagi pul mablag‘lari 11 ta xo‘jalik yurituvchi subyektlarga turli-xil yo‘llar bilan ko‘chirish orqali o‘zlashtirilgan qismi jinoyat ishi qo‘zg‘atgan xolatda alohida ish yurituvga ajratildi.

Hozirda tergov harakatlari olib borilayotgan va sudda ko‘rilayotgan jinoyat ishlari doirasida jabrlanuvchilarga yetkazilgan zararlarni to‘liq qoplash choralari ko‘rilmoqda.