“Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida uchta bankka 100 million dollar miqdorida mablag‘ ajratildi

  • 17:29 / 22.05.2020
  • 265

Joriy yil 20-may kuni Prezidentning “Har bir oila – tadbirkor” dasturini moliyalashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.

Qaror bilan “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan qo‘shimcha ravishda 100 million AQSh dollari ekvivalentidagi mablag‘larni quyidagi vakolatli banklarga ajratish belgilandi:

“Agrobank” ATBga – 40 million AQSh dollari ekvivalentida;

AT Xalq bankiga – 30 million AQSh dollari ekvivalentida;

“Mikrokreditbank” ATBga – 30 million AQSh dollari ekvivalentida.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 19-may kuni Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida pandemiya oqibatlarini yumshatish doirasida “Har bir oila – tadbirkor” dasturiga ajratilgan 1 trillion so‘m kredit mablag‘larini qaytarish muddati uzaytirilgani, shu bois, ushbu dasturni to‘liq amalga oshirish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hisobidan 100 million dollar resurs ajratilgani haqida ma’lum qilingan edi