“Inter” sobiq bosh murabbiyi vafot etdi

  • 11:10 / 23.05.2020
  • 163

“Inter” klubining sobiq bosh murabbiyi Luiji Simoni 22-may kuni 82 yoshida vafot etdi, deb yozadi AP NEWS.

Simoniga o‘tgan yil iyul oyida insult tashxisi qo‘yilib, kasalxonaga yotqizilgan, ammo mart oyida koronavirus pandemiyasi sabab uyiga ko‘chirilgan. Payshanba, 21-may kuni ahvoli og‘irlashgach, Piza kasalxonasiga qaytarilgan.
 
“Biz uni oq sochlari bilan, mehrli tabassumi bilan eslaymiz. U Ronalduning mahoratidan zavqlanib, yuzida tabassum bilan muxlislarga qarab turardi. Xayr Jiji, biz seni sog‘inamiz”, deyiladi “Inter” xabarida.

Simoni 1998-yilda “Inter” bilan UEFA Kubogini qo‘lga kiritgan, jamoani A Seriyaning ikkinchi pog‘onasiga olib chiqqan. 1998-yilda eng yaxshi italiyalik murabbiy nomiga loyiq ko‘rilgan.