“Ishdan ketishga qaror qildim”. XX asrning eng mashhur iste’folari

  • 16:21 / 10.10.2019
  • 767

May oyining oxirida Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey boshqaruvdagi Konservativ partiya liderligi lavozimidan iste’foga chiqishi haqidagi qarorni qabul qilgan edi. Qarorga binoan joriy yilning 7-iyunida iste’fo e’lon qildi. 

“Brexit”ni amalga oshirolmaganim uchun chuqur afsusdaman. Referendum natijalariga hurmat bildirish yo‘lini topish mening o‘rinbosarimga qoladi”, – dedi vazir o‘zining xayrlashuv nutqida.
 
Partiyadoshlari yangi lider tanlamagunicha Mey bosh vazirlik vazifalarini bajarishda davom etadi. 
Quyida XX asrda shu kabi o‘z ixtiyori bilan iste’foga chiqqan mashhur siyosatchilar bilan tanishamiz. 

Uinston Cherchill

925222d01a1625854110f029272b3696.jpg

Uinston Cherchillning iste’fosi katta siyosiy janjallar bilan kechmadi, ammo uni, shubhasiz, o‘tgan asrning eng mashhur iste’folaridan biri deyish mumkin. Bir necha o‘n yil davomida qirollikka xizmat, Ikkinchi jahon urushi yillaridagi og‘ir kechgan vazirlik faoliyati, 1945-yil may saylovlaridagi mag‘lubiyat, 1951-yil 76 yoshida bosh vazir lavozimiga tantanali ravishda qaytish va siyosatdan o‘z ixtiyori bilan ketish.

1953-yilning 5-iyunida Cherchill og‘ir insultni boshdan o‘tkazdi va shifokorlar uni yashab ketolmaydi, deb qo‘rqishdi. Ammo irodasi bukilmas bosh vazir tirik qoldi. Garchi, og‘zi burishib qolib, chap qo‘li qiyinchilik bilan harakatlansa-da, ertasi kuniyoq u vazirlar yig‘ilishini o‘tkaza olgan. 

Insultni boshdan kechirgan bo‘lsa-da, Cherchill haqiqiy intellektual jasoratga qodir edi. Ammo o‘zini “parvozi oxiriga yetib qolgan, g‘ira-shiralik aro xavfsiz qo‘nish joyini izlayotgan, yoqilg‘isi tugab qolgan samolyot” kabi his qilayotganini tan oladi. Shuning uchun 1955-yil aprelda u iste’fo so‘raydi. 

“Shunday kun keladiki, holdan toygan avlodlarga halol o‘yin, birodarlarga muhabbat, qonunga va erkinlikka hurmat – biz yashagan dahshatli davrning tantanali marsh bilan ortda qolishiga yordam beradi. Ungacha intilishdan to‘xtamang, ortga qaytmang va qayg‘u chekmang”, – deya xayrlashuv nutqida vatandoshlariga chaqiriq yo‘llagandi. 

Sharl de Goll

800px-De_Gaulle-OWI.jpg

General Sharl de Gollning muvaffaqiyatsizliklari 1968-yilning mayida Fransiyadagi siyosiy inqirozga tus bergan so‘l radikal talabalarning Parijda o‘tgan namoyishlaridan boshlandi. Namoyish keng ommani qamrab olganiga qaramay, de Goll ishtirokchilarning talablarini e’tiborsiz qoldirdi.
 
“Bolalik. Bular shunchaki imtihondan qo‘rqqan bir nechta yomon talabalar, xolos”, – degandi u. 

Natijada “bir nechta yomon talaba” mamlakatdagi inqirozga sabab bo‘ldi. Ishchilar zavodlarni egallab olishdi. Bunday qarshilik ko‘rsatishning yorqin namunalaridan biri – “Reno” davlat avtomobillar firmasining yirik kompleksidagi inqirozidir. Butun jamoat transporti, aloqa to‘xtab qoldi. Televideniye va radio ishchilari ish tashlay boshladi. 20-maydayoq norozilar soni 10 millionga yetdi. Fransiya butunlay falaj bo‘lib qoldi.  

1968-yilning yozida Fransiyada parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi. Ijtimoiy inqirozga qaramay, mamlakat kommunistlarni qo‘llab-quvvatlamadi va Milliy majlisda 485 ovozdan 358tasiga ega chiqqan gollistlar hamda ularning ittifoqchilariga ishondi. Ammo de Gollning shaxsiy pozitsiyalari mustahkamlanmadi. “Partiya g‘alaba qozondi, ammo general tamom bo‘ldi” – vazirlar kabinetida shunday kayfiyat hukmron edi.

Nixon_and_de_Gaulle_30-0166a_(cropped).gif

De Goll o‘z prezidentlik muddatining oxirigacha hukumat tepasida qolishi mumkin edi. Ammo 1968-yilning may oyi uning fransuz xalqi oldidagi obro‘sini to‘kdi. Endi karyerasi botqoqqa botayotganini va faqat yon berishga to‘g‘ri kelishini anglagan general millatning unga bo‘lgan real munosabatini ko‘rsatuvchi qadamni tashlashga qaror qildi: 1969-yilning 28-aprelida Senatni qayta tashkil etish va Fransiyaning ma’muriy-hududiy jihatdan yangilanishi masalasi bo‘yicha referendum o‘tkazildi.

Prezidentning pozitsiyasini aholi qo‘llab-quvvatlamadi. Yarim tun soat birda radiodan quyidagi matn uzatildi: “Men Respublika prezidentligi vazifalarini bajarishdan to‘xtayapman. Bu qaror bugun tush vaqtida kuchga kiradi”. 
Shu tariqa, hech qanday xayrlashuv marosimi va nutq qilmasdan, general de Goll o‘z siyosiy karyerasini yakunladi. 

Richard Nikson

“Uotergeyt ishi”ni AQSh tarixidagi eng jiddiy siyosiy inqirozlardan biri deyish mumkin. Uotergeyt janjali – 1972-yilgi prezident saylovlari kampaniyasi vaqtida Demokratik partiyaning shtab-kvartirasiga eshitish moslamalari o‘rnatilishi ortidan kelib chiqqandi. 

Walkie-talkie_used_in_Watergate_break-in_circa_1970s.jpg

Demokratlardan nomzod sifatida Janubiy Dakota shtati senatori Jorj Makgovern, Respulikachilardan esa – amaldagi prezident Richard Nikson ishtirok etgandi. Kampaniya o‘tkir siyosiy kurashga aylangan, respublikchilar esa o‘z raqiblari haqida eng muhim axborotni olish uchun hamma narsaga tayyor edi. 1972-yilning 17-iyunida politsiya “Uotergeyt” mehmonxonasida joylashgan demokratlar shtab-kvartirasiga yashirincha kirgan besh kishini hibsga oladi. Nikson avval bunga e’tibor qaratmaydi, ammo qo‘lga olinganlardan biri Jeyms Makkord – uning saylov kampaniyasi xodimi, qolganlar esa eshituv apparatlarini o‘rnatishga yollangan kubalik muhojirlar ekanligi ma’lum bo‘lgach, prezident ta’tildan qaytishiga to‘g‘ri keladi. 

1024px-Nixon_edited_transcripts.jpg

Richard Nikson qochib bo‘lmas impichment bilan yuzma-yuz keladi va 1974-yilning 9-avgustida iste’foga chiqishga majbur bo‘ladi. Bu Amerika tarixida prezidentning ilk bor muddatidan oldin o‘z vazifasini topshirishi edi. Nikson o‘zidan keyingi prezident Jerald Ford tomonidan  jinoiy ta’qibdan ozod etildi. 

Boris Yelsin

XX asr Rossiya tarixining eng mashhur iste’fosi – mamlakat prezidenti Boris Yelsinning prezidentlik lavozimidan ketganidir. U muddatidan oldin ketishni istamagandi, ammo siyosiy holat shu yo‘lni talab qilardi. Parlament saylovlari, Chechinistondagi urush – hammasi juda tez o‘zgarardi, va bu yangi vaziyat 2000-yilda millenium avlodning kirib kelishi bilan mos tushdi.

Boris_Yeltsin_31_December_1999.jpg

Yelsinning qarori haqida deyarli hech kim bilmasdi. Keyinchalik o‘z xotiralarida sobiq prezident iste’fodan xabardor bo‘lganlar sifatida Vladimir Putin, Aleksandr Voloshin, Valentin Yumashev, qizi Tatyanani sanab o‘tgan.
 
1999-yil 31-dekabr tush vaqti Yelsin televideniye orqali xalqqa murojaat qildi.

– “Men ketyapman. Belgilangan muddatdan oldin ketyapman. Rossiya yangi ming yillikka yangi siyosatchilar, yangi qiyofalar, yangi aqlli, kuchli, quvvatga to‘la odamlar bilan kirib borishi kerak. Biz – hokimiyat tepasida ancha yillardan beri turganlar esa ketishimiz kerak”, – deya o‘z qarorini tushuntirgandi prezident.  
Shuningdek, u o‘z nutqida rossiyaliklardan ularning ko‘p orzulari amalga oshmagani uchun uzr so‘radi.

Telemurojaat yozib olinganidan so‘ng. Yelsin qarorlarga, shu jumladan, iste’fo haqidagi qaroriga imzo chekkan ruchkasini Vladimir Putinga topshirib “Горки-9”dagi uyiga jo‘nab ketadi.

Teglar