“Jirafa” boʻyinli ayollar haqida eshitganmisiz?

  • 17:54 / 10.09.2019
  • 1123

XX asrning boshlarida, Angliyada Bertram Millsning (Bertram Mills) sirklari mashhur boʻlgan vaqtlarda u yerda ilk bor “boʻyni uzun” ayollarning chiqishi boʻlgan. Ular boshqa ayollardan boʻynidagi koʻzga tashlanuvchi tillarang halqalari bilan ajralib turishgan. Ularni “jirafa” boʻyinlilar, deb atashgan. Ularning fotosuratlari 1935-yili Londonga kelishganida olingan.

Женщины племени падаунг в Лондоне, 1935 год. Фотография, Интересное, Девушки, Прошлое, Племя, 20 век, Великобритания, Лондон, Длиннопост

Hozirgi Myanma hududida (sobiq Birma) kichik padaung qabilasi mavjud boʻlib, ularning ayollari boʻyinlaridagi mis halqalari bilan boshqa ayollardan ajralib turishgan. Gap shundaki, qizlar ushbu halqani besh yoshlaridan boshlab taqib, yoshi katta boʻlgani sari boʻyinlarida halqalar soni ham koʻpayib borgan. Vaqt oʻtib esa, taxminan, oʻrta yoshga yetganlarida halqalar soni 10 tadan oshgan va ogʻirligi 4-5 kg.ni tashkil etgan. 
Sizga ham qiziq boʻlsa kerak, boʻyin qanday qilib shu qadar choʻzilishi mumkin?

Женщины племени падаунг в Лондоне, 1935 год. Фотография, Интересное, Девушки, Прошлое, Племя, 20 век, Великобритания, Лондон, Длиннопост

Aslida, ularning boʻyni huddi bizniki singari. Gap shundaki, yoshligidan boshlab taqilgan halqalar oʻsib borayotgan bolaning boʻynini choʻzilishiga va yuqoriga qarab oʻsishiga sabab boʻlgan. 

Женщины племени падаунг в Лондоне, 1935 год. Фотография, Интересное, Девушки, Прошлое, Племя, 20 век, Великобритания, Лондон, Длиннопост

Koʻpchilik insonlar orasida bu odat qayerdan kelganligi, nima maqsadda halqalar taqilishi borasuda turli tortishuvlar boʻlgan. Kimdir gʻalati boʻyinlilar qul sotib oluvchilarni qiziqtirmagan, shuning uchun ham ushbu halqalarni taqishgan, degan fikrlarni bildirgan. Yana boshqa taxminlar ham ilgari suriladi. Yaʼni bu hududda yoʻlbarslar koʻpligi va ulardan oʻzlarini himoyalash uchun taqishgan (yoʻlbarslar oʻljasini boʻgʻizidan tishlaydi). Biroq eng ishonarli maʼlumot, boʻyni uzun ayollar mahalliy an’analarga ko‘ra ularning goʻzalligini anglatgan. 

Женщины племени падаунг в Лондоне, 1935 год. Фотография, Интересное, Девушки, Прошлое, Племя, 20 век, Великобритания, Лондон, Длиннопост

Sayyohlar 100 yil ilgaridagidek, hozir ham “jirafa” boʻyinlilarni koʻrish uchun ushbu hududga tez-tez tashrif buyuradilar va bu uchun pul to‘lashga ham tayyorlar.

Женщины племени падаунг в Лондоне, 1935 год. Фотография, Интересное, Девушки, Прошлое, Племя, 20 век, Великобритания, Лондон, Длиннопост

Teglar