“Jonson & Jonson” kompaniyasi 8 milliard dollarlik tovon puli to‘laydi

  • 19:55 / 09.10.2019
  • 49

Картинки по запросу J&J Hit With $8 Billion Jury Award Over Antipsychotic Drug

Filadelfiya (Pensilvaniya shtati) sudi Amerikaning “Johnson & Johnson” xolding kompaniyasiga shizofreniya va bipolyar kasalliklarni davolash uchun kompaniya ishlab chiqargan dori-darmonlarning salbiy ta’siridan aziyat chekkan Merilend shtatida yashovchi bemorga 8 milliard dollar tovon to‘lashni buyurdi, deb yozadi Wall Street Journal.

Nashrning yozishicha, bunday hukm 8-oktabr, seshanba kuni chiqarilgan. Da’vogar Nikolas Myurrey suddagi da'vo arizasida 2003-yildan 2008-yilgacha bolaligida Risperdal dori vositasini vrach retsepti asosida qabul qilganidan shikoyat qildi. Biroq, “Jonson & Jonson” tomonidan ishlab chiqarilgan neyroleptiklar unga salbiy ta’sir qilgan.

Myurreyning so‘zlariga ko‘ra, Amerika xolding kompaniyasi ushbu preparatning salbiy yon ta’siri haqida bilgan, biroq bu haqida shifokor va bemorlarga to‘g‘ri tushuntirishlar bermagan.

Teglar