“Juda qari”: Karantin Bred Pitt, Uill Smit kabi yulduzlarni ham chetlab o‘tmadi

  • 17:23 / 28.05.2020
  • 819

Butun dunyoda hukm surayotgan pandemiya sabab insonlarning hayot tarzi o‘zgardi. Karantin nafaqat oddiy odamlarga, balki mashhur yulduzlarga ham ta’sir ko‘rsatmay qolmadi. Izolyatsiyada o‘tirish sabab ularning tashqi ko‘rinishi va hayot tarzida jiddiy o‘zgarishlar kuzatildi. Masalan, hammaga yaxshi tanish Bred Pittni olaylik.

Bred Pitt karantinda o‘tirgan holatini ko‘rsatdi – paparatsi Malibuda uni suratga olishga muvaffaq bo‘ldi. Sochlari tartibsiz o‘sib yotgan Bred betartib kiyingan edi. 56 yoshli Bredning suratini ko‘rgan muxlislar uni hattoki uysiz odamga o‘xshatishgan.  
                                         
Bred sartaroshlar ishlamayotgan vaqtda, odatdagiday o‘zini parvarishlashning imkoni bo‘lmagan paytda erkaklar qanday o‘zgarishi mumkinligini ko‘rsatib qo‘ydi. Bred Pitt karantinda tashqi ko‘rinishi o‘zgargan yagona aktyor emas! Mashhur Uill Smit haqida ham shunday fikrga borish mumkin. Uning Instagram’dagi suratini tomosha qila turib, aktyorning soqoli betartib o‘sib ketganini payqash qiyin emas. Uning ham soch-soqoli sezilarli oqargan.

Kris Not, Riz Ahmed, Devid Bekxem, Krishtianu Ronaldu kabi bir qator mashhurlar ham karantindagi holatdan g‘aroyib usulda chiqishdi – ular sochlarini kalga oldirib tashlagan edi. Eng yorqin yulduzlar ham aslida biz qatori oddiy odam. Ularning ham biz qatori sochi o‘sib ketadi, oqaradi, betartib kiyinishadi...