“Ortiqcha salomatlik” nega kerak? 

  • 23:32 / 09.09.2019
  • 221

Deyarli hamma organ va to‘qimalarimizning ortig‘i bilan mavjudligini bilasizmi? Ha, xuddi shunday. Rostdan ham keragidan ortiq nerv, muskul, biriktiruvchi hujayralarimiz bor. Odam bitta o‘pka, bitta buyrak, oshqozonning yarmi, jigarning yarmi bilan ham yashay oladi. Hatto inson salomatligi ham ortig‘I bilan bo‘lishi mumkin. Xo‘sh, “Ortiqcha” salomatlik bizga nega kerak? 

Barcha tirik jonzotlarda alohida organlar, to‘qimalar va hujayralar zaxira bilan rivojlanadi. Masalan, odamning tos suyagi 1,5 tonna bosimga chiday oladi, katta boldir suyagi esa – 1,65 tonnaga, bu ularga tushadigan kunlik bosimdan 30 marta ko‘p. O‘pkalarning alveolyar tizimi bir daqiqada 17000 ml. kislorodni o‘zlashtira oladi, biroq eng og‘ir jismoniy zo‘riqishda ham organizmning ehtiyoji 5000 ml. dan oshmaydi.
Agar salomatlik evolyutsiya natijasida ortig‘i bilan ta’minlangan ekan, demak u bizning tirik qolishimiz uchun juda muhim. Axir, evolyutsiya kelajakda bizga nima bo‘lishini bilmaydi. 

Shuning uchun qo‘shimcha zaxira, “ortiqchalik” har qanday vaziyatda; jarohat olganda, infeksiya tushganda, yallig‘lanishda va boshqa holatlarda yordam beradi. Organning ancha qismiga zarar yetganida ham, odatda uning vazifalarini boshqa organlar qisman o‘z zimmasiga olishi mumkin. Masalan, buyraklarga zarar yetganida, azotli moddalar qisman nafas, teri hamda oshqozon-ichak trakti orqali tashqariga chiqariladi. Ortiqchalilikning yana bir jihati: 
Ixtisoslashishning kuchli emasligi, funksiyalarning aniq bo‘linmaganligidir. 

Shuni yoddada tutingki, kasallik yo‘qligi – salomatlik degani emas. Sizning ko‘rsatkichlaringiz me’yorida bo‘lsa-yu, salomatlik uchun yetarli darajada resurslariningiz bo‘lmasa, bu – kasallik sizga xavf solyapti, deganidir. Biz bilan nimadir ro‘y bermagani uning butunlay sodir bo‘lmasligiga kafolat bermaydi. O‘zimizni har kuni yaxshi his qilishimiz uchun ortiqcha resurslar kerak. 

Atrof-muhit organizmga stressli zo‘riqishlar berganida, “ortiqcha” bo‘linmalarda o‘zgarishlar ro‘y beradi. “Ortiqchalilik” hisobiga organizm yangi muhitga moslasha oladi. 

Resurslar faqatgina harakatsiz sug‘urta emas. Biz “ortiqcha” kuchimizni yuqori ishchanlik, biror ishga o‘zini bag‘ishlash, hislar, diqqat, chidamlilikning og‘irroq darajalariga yo‘naltirishimiz mumkin. Shuning uchun yuqori resurslar – bizning kundalik salomatligimiz va imkoniyatlarimizdir. 

Xulosa qilib aytish mumkinki, kasal bo‘lmasangiz – sog‘lomman deb xursand bo‘lishga shoshilmang, beparvolikka berilmang. Ortiqcha resurlaringiz bo‘lishi va o‘zingizda chidamlilikni rivojlantirish uchun sog‘lom turmush tazriga amal qiling.

Teglar