“Otopleniya” uchun to‘lovning yangi tartibi joriy etiladi

  • 16:41 / 02.12.2019
  • 1080

Bugun, 2-dekabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi mutasaddilari ishtirokida “Respublikamizda issiqlik ta’minoti tizimini takomillashtirish va tizimdagi dolzarb muammolarni hal etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusida OAV xodimlari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda Issiqlik ta’minoti sohasidagi istiqbolni belgilash va tarif siyosati bo‘limi boshlig‘i Abdulaziz Matro‘ziyev aholi endilikda kuz-qish mavsumida beriladigan issiqlik ta’minoti uchungina pul to‘lashini ma’lum qildi. 

“Biz avval issiqlik ta’minoti uchun 12 oy davomida pul to‘lar edik. Prezidentning yangi qaror loyihasiga ko‘ra, 2020-yil 1-yanvardan boshlab esa 148 kun ya’ni issiqlik ta’minoti berilgan kunlargagina pul to‘lanadi xolos. 

Shuningdek, avval oyiga 1 kvadrat metr joy uchun 1772 so‘m to‘lagan bo‘lsak, endilikda har bir kvadrat metr uchun 1343 so‘mdan to‘lanadi” deya Abdulaziz Matro‘ziyevning so‘zlarini keltirmoqda Xabardor.uz muxbiri. 

Qolaversa, 2020-yilda tarif bilan yetkazib berish xarajatlari o‘rtasidagi farq davlat va mahalliy byudjetlar tomonidan qoplanishi uchun 333 millard so‘m mablag‘ ajratilmoqda, deya qo‘shimcha qiladi Issiqlik ta’minoti tizimi xodimi.

Xabardor.uz