“Real Madrid” 3 ta futbolchi nomzodini ko‘rib chiqmoqda

  • 11:35 / 21.03.2020
  • 239

Madridning “Real” klubi 34 yoshli yarim himoyachi Luka Modrichga munosib o‘rinbosar qidirmoqda, deb xabar berdi Sports.uz nashri.

Xabarda aytilishicha, “qirollik klubi” bu borada Kay Xaverts (“Bayer”), Fabian Ruis (“Napoli”) va Pol Pogba (“Manchester Yunayted”) kabi futbolchilar nomzodini ko‘rib chiqyapti.

Shuni ta’kidlash kerakki, Modrichning “Real” bilan amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga yetadi. Shu sababli madridliklar unga istagan jamoasi bilan muzokara o‘tkazishga ruxsat bergan.

Luka Modrich “Real” safida 2012-yildan buyon to‘p suradi. U joriy mavsum 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.