“Sardoba ishi”  bo‘yicha qamoqqa olinganlar soni ma'lum qilindi 

  • 09:02 / 23.05.2020
  • 556

Sirdaryo viloyatidagi “Sardoba” suv ombori bilan bog‘liq jinoyat ishi bo‘yicha 2 nafar gumonlanuvchiga nisbatan “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.

“Ish bo‘yicha haqiqatni aniqlashga to‘sqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 16-may kuni “Sardoba”dagi vaziyat yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishining dastlabki xulosalari ma’lum qilinib, tergov jarayoni 4 versiyada olib borilayotgani aytilgandi.