“TopGear”, “Vokrug Sveta”, “NationalGeographic” Oʻzbekistonning turistik targʻibotiga jalb qilinadi 

  • 00:23 / 19.09.2019
  • 162

Oʻzbekiston haqida noyob teledasturlar tayyorlash hamda ularni dunyoning mashhur telekanallarida namoyish qilish maqsadida “TopGear”, “VokrugSveta”, “NationalGeographic” kabi taniqli kanallar vakillarini yurtimizga jalb qilish rejalashtirilmoqda. Bu haqida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi rasmiy sayti xabar bermoqda.

Axborot bozoridan foydalangan holda, mamlakat turistik salohiyatini tezkor surʼatlarda oshirish mumkin, bu, ayniqsa, turistik reklama maqsadiga yetishish uchun muhim. Shu munosabat bilan Oʻzbekiston imijini shakllantirish hamda uning jahon bozorida tanilishini oshirish maqsadida “TopGear”, “Vokrug Sveta”, “NationalGeographic” kabi mashhur telekanal va ko‘rsatuvlar bilan hamkorlikda ishlash hamda Oʻzbekiston haqida noyob dasturlar tayyorlash mamlakat turistik salohiyati targʻibotida samarali yondashuv hisoblanadi. Reklamaning ushbu turi har doim axborot maydonining bir qismi boʻlib qoladi va bu oxir-oqibat turli platformalardan (televizorlar, planshetlar, kompyuterlar va h.k.) tomosha qiluvchi auditoriyani keng qamrab olish imkonini beradi.