“Universitetlarda 2-sentabrdan dars boshlanmaydi”. Vazirlikdan kutilgan rasmiy munosabat

  • 18:41 / 02.04.2020
  • 660

Ijtimoiy tarmoqlarda respublikadagi barcha oliy ta’lim muassasalarida o‘qish 2020-yilning 2-sentabridan boshlanishi to‘g‘risidagi xabarlar tarqaldi. 

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ushbu xabar yuzasidan rasmiy axborot berdi.

Ta’kidlanishicha, vazirlik tomonidan bunday mazmunda e’lon berilmagan va bu xabarlar mutlaqo asossizdir.

“Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan bu mazmunda e’lon berilmaganligini rasman ma’lum qilamiz”, deyiladi vazirlik xabarida.