“Yuventus” afsonasi kasalxonaga tushib qoldi

  • 11:00 / 18.05.2020
  • 122

“Yuventus” klubi va Italiya terma jamoasining afsonasi Alessandro del Pyero Los-Anjelesda shifoxonaga tushib qoldi. Bu haqda Goal nashri xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, futbolchi koronavirus sabab emas, buyrakdagi toshni olib tashlash uchun kasalxonaga yotqizilgan.

“Shu qadar kichik, 3 millimetrli narsa bu qadar muammo keltirishiga hali ham ishonolmayapman”, deb yozadi del Pyero o‘zining Instagram’dagi sahifasida.

Ma’lumot o‘rnida, 45 yoshli futbolchi katta sportdagi faoliyatini 2014-yilda yakunlagandi. U 2006-yilgi Jahon chempionatida Italiya terma jamoasi safida to‘p surib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. Shuningdek, “Yuventus”dagi 19 yillik faoliyati davomida 14 ta yirik sovringa sazovor bo‘lgan.

Teglar