1-apreldan Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida muntazam aviaqatnovlar qayta tiklanadi

  • 10:11 / 26.03.2021
  • 113

Rossiya joriy yil 1-apreldan  Germaniya, Venesuela, Suriya, Tojikiston, Shri-Lanka hamda O‘zbekiston bilan muntazam aviaqatnovlarni tiklaydi. 

Rossiya Federatsiyasi hududiga koronavirus infeksiyasi kirishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha Tezkor shtabi yig‘ilishida bu to‘g‘risidagi tegishli qaror qabul qilingan. 

Xabarda aytilishicha, O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi muntazam aviaqatnovlar Moskva – Toshkent yo‘nalishida haftasiga bir marotaba amalga oshiriladi. Yo‘lovchilar Rossiyaga kelishdan 72 soat oldin koronavirusga chalinmaganliklarini tasdiqlovchi test olishlari kerak bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya xalqaro aviaqatnovlarni o‘tgan yilning martida to‘xtatgan, yozga kelib asta-sekin cheklovlarni bekor qila boshlagan edi.