1-martdan elektr hisoblagichlarga nisbatan yangicha tartib o‘rnatildi 

  • 14:51 / 02.03.2020
  • 655

Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik subyektlarini elektr tarmoqlariga ulash tartibini soddalashtirish va biznes muhitini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2020-yil 1-martdan boshlab quyidagicha tartib o‘rnatiladi:

-elektr energiyasining barcha iste’molchilariga o‘rnatilgan elektr energiyasini hisobga olish priborlarini davriy qiyoslashdan o‘tkazish uchun “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati va uning tarkibidagi tashkilotlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilish huquqi beriladi;
- “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati va uning tarkibidagi tashkilotlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilinganda, qiyoslashdan o‘tkazish bo‘yicha barcha xarajatlar mazkur tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan qoplanadi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy matbuot markazining rasmiy Telegram kanali  xabar bermoqda.