10 ta OTM o‘zini o‘zi moliyalashtirishga o‘tadi 

  • 13:30 / 05.12.2019
  • 2336

O‘zbekistonda 2020-yilda o‘zini o‘zi moliyalashtirishga o‘tadigan Oliy ta’lim muassasalari ro‘yxati tasdiqlandi. Ular hozircha 10 ta. 

3-dekabr kuni “Oliy ta’lim muassasalarini bosqichma-bosqich o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkazish to‘g‘risida” Hukumat qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror bilan, 2020-yil 1-yanvardan boshlab, tajriba-sinov tariqasida o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tayotgan 10 ta oliy ta’lim muassasasi ro‘yxati tasdiqlandi.

Bunda ushbu OTM’larning ilmiy pedagogik salohiyati yuqoriligi, moliyaviy faoliyatining barqarorligi, moddiy-texnik bazasi yetarli darajadaligi, ta’lim xizmatlari bozorida mazkur mutaxassisliklarga talab yuqoriligi inobatga olingan.

Shuningdek, o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tayotgan OTM’larga qo‘shimcha vazifalar belgilagan.
Xususan, ushbu OTM’larda qo‘shimcha ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish, iqtisodiyot tarmoqlari mutaxassislarining malakasini oshirish va boshqa pullik xizmatlar joriy etiladi.

Qarorga ko‘ra, o‘zini-o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tayotgan OTM’da to‘lov-kontrakti asosida ta’lim olayotgan talabalarning kontrakt to‘lash muddatlari tomonlar kelishuviga ko‘ra shartnoma asosida belgilanadi.

Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Prezidentning 2019-yil 11-iyuldagi qarori bilan 2020-yildan boshlab mamlakatdagi ayrim OTM’lar bosqichma-bosqich o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tishi belgilangan.