10 kunda chiroyli bo‘lishni istasangiz, 20 ta maslahatga amal qiling

  • 10:04 / 06.03.2019
  • 7553

O‘zingizni tezda tartibga keltirish uchun quyidagi maslahatlardan foydalaning. Oddiy harakatlar, natija esa darhol ko‘zga tashlanadi.

Ko‘rinishingiz chiroyli bo‘lishi uchun to‘g‘ri ovqatlanish va ko‘proq suv ichish, chekishni tashlash va faqat yaxshi narsalar haqida o‘ylash kerak. Bu 10 kunda bajarish kerak bo‘lgan dastur. Biroq ro‘yxatdagi birgina ish ham jozibadorlik va o‘zingizni yaxshi his qilish uchun sizga ishtiyoq beradi. Tushuntirishga vaqt yo‘q, ishga kirishing.

— 1 —

Stomatologga boring va barcha tishlaringizni davolating. Agar bari sog‘lom bo‘lsa, professional tozalatishni amalga oshiring.

— 2 —

Tishlaringizni tez-tez yuvib turing. Nafaqat tongda va kechki mahal, balki har tanovuldan keyin. O‘n kun davomida yaxshi cho‘tka yordamida tishlaringizga chiroyli ko‘rinish berasiz. Demak, og‘izdagi hid ham yoqimli bo‘ladi.

— 3 —

Spirtli ichimliklar ichmang. Ko‘zlar ostidagi shish va qora dog‘lar yo‘qoladi.

— 4 —

Tuzdan voz keching. Dastlab tuzli yeguliklarni xarid qilishni to‘xtating. Tuz organizmda suvni ushlab qoladi, shuning uchun ham ko‘zlar tagida shishlar paydo bo‘ladi.

— 5 —

Har kuni ishdan piyoda qayting. Kamida 40 daqiqa ochiq havoda, tetik holda yuring. Agar yugursangiz, mashq zalidagi yo‘lakchada emas, ochiq havoda yuguring. Sayr va toza havo yuz terisining rangini yaxshilaydi, yengil toblanish esa mayda kamchiliklarni yashirishga yordam beradi.

— 6 —

Sochiq o‘rniga bir martalik qog‘oz sochiqchalardan foydalanishni boshlang. O‘n kundan keyin yaxshilanishni sezasiz.

— 7 —

7-8 soat uxlang. Uxlay olmaysizmi – yoting, biroq smartfonga qaramang va o‘qimang. Reja, maqsadlar tuzing, meditatsiya qiling. Xotirjam bo‘ling va dam oling.

— 8 —

Badantarbiya qilishni boshlang. Dangasalik xalaqit qilishi tushunarli, biroq 10 kunlik maqsadni belgilang. Farqni sezgach, davom ettirish yoki ettirmaslikni o‘zingiz hal etasiz. Badantarbiya uchun ko‘p narsa kerak emas, hech bo‘lmaganda plankadan boshlang.

— 9 —

Tez-tez, kam-kamdan ovqatlanishni boshlang. Porsiyalaringizni ikkiga ajrating va kuniga uch-to‘rt marta emas, olti-yetti marta ovqatlaning. Bir kunlik taomingizning miqdori o‘zgarmaydi, biroq 10 kundan keyin porsiyani qisqartirish mumkinligini tushunasiz, chunki sizga ko‘p ovqat kerak emas.

— 10 —

Sartaroshga navbatdan tashqari boring va undan o‘zingiz uchun g‘aroyib soch turmagi qilishini so‘rang.

— 11 —

Barcha oyoq kiyimlarni tuzating, tozalang va qayta ishlov bering. Ular ideal holatga kelsin.

— 12 —

Uydagi barcha burchaklardagi changlarni tozalang. Nafas olishingiz osonlashadi va maza qilib uxlaysiz.

— 13 —

Tomir va terini tetiklashtirish uchun tongda iliq dush qabul qiling.

— 14 —

Har kuni ancha vaqtdan beri suhbatlashmagan do‘stingizga qo‘ng‘iroq qiling. Ijobiy hislar ko‘proq tabassum qilishga undaydi.

— 15 —

Qaddingizni tik tutib yurishni boshlang. Kuni bo‘yi tekis yura olmasangiz, maxsus korset yoki gadjet xarid qiling.

— 16 —

Garderobingizni ko‘zdan kechiring va ana shu 10 kun davomida eng chiroyli kiyimlaringizni kiying. Anchadan beri kiymayotganlaringizni esa xayriya tashkilotiga bering. Aytishadi-ku, ezgu ishlar kishini kiyimga qaraganda ko‘proq bezaydi.

— 17 —

Har kuni kechki payt yoqimli komediya tomosha qiling. Bu sizga kulgu va endorfinlar dozasini beradi. Bu o‘zingizni tetikroq his qilishga yordam beradi.

— 18 —

Agar sizga mumkin bo‘lsa, hammomga boring.

— 19 —

Yanada yaxshiroq ishlash va chiroyli ko‘rinish uchun nafaqat bo‘shashtiruvchi, balki davolovchi massaj kursini oling.

— 20 —

Ana shu 10 kun ichida televizor ko‘rmang, faqat komediyalar uchungina istisno qilishingiz mumkin.

Teglar