100 yil oldin pasport suratlari qanday ko‘rinishda bo‘lgan?

  • 14:15 / 08.10.2019
  • 957

Deyarli har bir odamda shaxsni tasdiqlovchi hujjat – pasport mavjud. Dastlabki pasportlar o‘rta asrlarda paydo bo‘lgan. Unga ega bo‘lganlar qo‘shimcha to‘lovlar va soliqlarni to‘lamasdan darvozadan shaharga bemalol kirish imkoniga ega bo‘lishgan. Ko‘pincha shaharlar o‘rtasida o‘z fuqarolaridan bunday to‘lovlarni bekor qilish bo‘yicha shartnomalar tuzildi.

Hokim bunday hujjatni faqat amaldorlarga bergan. Bu ularga shohlikning biror bir shahariga kirishga imkon berar edi. Shaharlar atrofida boj to‘lamasdan sayohat qilish uchun pasport bergan birinchi qirol angliyalik Genri V bo‘lgan.

Pasportlar asosan hokimlar nomidan diplomatlarga topshirilganligi sababli, ular bir necha asrlar davomida oz miqdorda chiqarilgan.

Какими были паспорта 100 лет назад, когда фото на документ могло быть любым

Bugungi kunda har bir mamlakatda pasport fotosuratlari uchun belgilangan qoidalar mavjud. Shuningdek, Yangi Zelandiyada oq-qora rasm qabul qilinadi. Buyuk Britaniyada bunday muhim hujjat uchun rasmda tabassum qilish qat’iyan man etiladi.

Pasportdagi fotosuratlar XIX asr oxiri XX asr boshlarida paydo bo‘lgan va hech qanday qoidalar mavjud bo‘lmagan. 1876-yili Filadelfiyada bo‘lib o‘tgan ko‘rgazmada pasportlarda birinchi marta egasining fotosurati, shuningdek, shaxsiy raqami va familiyasi paydo bo‘lgan. 

Какими были паспорта 100 лет назад, когда фото на документ могло быть любым

U vaqtlarda pasport uchun har qanday fotosurat, hatto jamoaviy rasmlar ham qo‘yilishi mumkin bo‘lgan. Masalan, mashhur yozuvchi Artur Konan Doylning pasportida 1915-yilda uning xotini va o‘g‘illari bilan tushgan oilaviy surati bor edi.

Odamlar o‘zlari xohlagan tartibda suratga tushishi, kostyum va shlyapa kiyib olishlari ham mumkin edi.

Какими были паспорта 100 лет назад, когда фото на документ могло быть любым

Ba’zan passport uchun boshqa hujjatlardagi eski fotosuratlardan foydalanishgan. Pasport egalari har doim yangi suratga tushishi shart bo‘lmagan. Chunki bu o‘sha davr uchun qimmatlik qilardi. Masalan, 1929-yili Nyu-Yorkda passport uchun suratga tushish 30 dollarga tushgan. Bu hozirgi qiymatda 200 dollar deganidir.

Ayollar umuman boshqa mavzu. Turmushga chiqqan amerikalik ayollarning ism-sharifi erining pasportiga shunchaki yozib qo‘yilgan. Misol uchun, “Janob Grey va uning rafiqasi”. Bu holat 1937-yilgacha amalda bo‘lgan.

Какими были паспорта 100 лет назад, когда фото на документ могло быть любым

Keyinchalik pasport rasmlari uchun standart sifatida politsiya bo‘limlarining jinoyatchilarni suratga olish tartibi qabul qilindi. Avvaliga bu xalq noroziligiga sabab bo‘ldi. Odamlar: “Qanaqasiga? Axir, men kelishgan odamman, nega jinoyatchilarga o‘xshashim kerak. Yaxshiyamki, boshdan oyoq suratga tushirishmas ekan”, – deb o‘ylashardi.
Birinchi jahon urushi boshlanishi bilan davlatlar chegara nazoratini joriy etdilar. Bu barcha turdagi agentlar, xavfli vositalar kirishining oldini olish uchun qilingan. Sayohatchilarga chegaradan o‘tishi uchun pasportlar berildi. 1918-yilda birinchi jahon urushi tugab, tinchlik o‘rnatilgan bo‘lsa-da ko‘pgina davlatlar chegara nazorati va pasport tizimini saqlab qolishdi.

Какими были паспорта 100 лет назад, когда фото на документ могло быть любым

1920-yilda Millatlar Ligasi pasportlarning dizayni va ularning funksiyalarini birlashtirdi. Ushbu standartlar hanuzgacha kuchga ega va vaqti-vaqti bilan Birlashgan millatlar tashkiloti tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Teglar