111 yoshli ayol koronavirusni yengib, rekord o‘rnatdi

  • 11:49 / 30.05.2020
  • 240

Chilining Santyago shahrida istiqomat qiluvchi Xuana Suniga koronavirusni yengib, kasallikni yenggan eng keksa chililik ayol sifatida rekord o‘rnatdi

Xabarda aytilishicha, Xuana o‘zi istiqomat qiluvchi qariyalar uyining 25 nafar a’zosi qatori ushbu xavfli virusni yuqtirib olgan edi. Biroq boshqa zararlanganlar ichida Xuana eng keksa bemor, deb qayd qilingan. Qariyada o‘pka bilan bog‘liq muammo ham mavjud bo‘lishiga qaramay, kasallik unga kuchli ta’sir ko‘rsatmagan. Sunigani 28 kun boshqalardan alohidalab, ajratib qo‘yib davolashgan edi. 

“Unda deyarli alomatlar kuzatilmadi, u yuqori haroratdan deyarli aziyat chekmadi”, deydi qariyalar uyi vakili Mariya Pas Sordo.