12 asrlik restoran: uni qayerdaligidan xabardormisiz?

  • 15:49 / 21.09.2019
  • 539

Hozirgi paytda ochilganiga hech qancha vaqt bo‘lmasdan deyarli juda ko‘p restoran va kafelar yopilib ketmoqda. Hattoki, ba’zilariga bir marta kirishga ham ulgurmay qolamiz. Tamaddixonalar borasida qiziq bir qarash bor: yangi ochilgan qahvaxonlarda mahsulotlar sifatli bo‘lib, narxlari hamyonbop bo‘ladi. Biroq, bu tarzda ishlagan restaranlar bir ikki oy ichida o‘zgarib, mijozlarini “xafa” qila boshlaydi

Shundan kelib chiqib, mazali taomlarga ega bo‘lgan eng qadimiy restoran va qahvahonalar ro‘yxatini tuzdik. Yo‘lingiz tushib shu davlatlarga boradigan bo‘lsangiz, quyidagi ajoyib tamaddixonalarga kirishni unutmang. 

1. Kioto shahridagi “Xonke Ovariya” restorani 1465-yilda ochilgan bo‘lib, shaharning o‘ziga xos ramziga aylangan.

500 yildan buyon ishlab kelayotgan mazkur qahvaxona sayyohlar uchun ham muhim ahamiyatga ega. Restoran o‘zining mazali “Soba sho‘rva”si bilan mashhur.

2. “Zum Franziskaner” restorani 1421-yilda Stokgolmda ochilgan.

Bu shaharning eng qadimiy restorani hisoblanadi. Unda ajoyib kechki ovqat tanavvul qilib, kechqurun norasmiy sharoitda dam olishingiz ham mumkin.

3. Zalsburgdagi “Piter Stiftkeller” restorani 803-yilda tashkil etilgan.

Yevropadagi eng qadimgi restoran. Bu haqda mashhur shoir, dinshunos va olim Alkuin o‘z qaydnomlarida restoranning 803-yilda ochilganini qayd etgan. O‘shandan beri restoran qirol oilasi a’zolari, ruhoniylar va boshqa sayohatchilar uchun xizmat qiladi. 

4. 1416-yilda Pekinda “Bianyifang” restorani ochilgan.

Min sulolasi imperatorlari hukmronligidan beri mazkur restoranda maxsus yopiq tandirda pishiriladigan mazali o‘rdak go‘shti, eng yaxshi taom hisoblanadi. Bugungi kunda Bianyifang mahalliy va dunyoning turli mamlakatlaridan keladigan sayyohlar orasida juda mashhur.

5. “Zur Letzten Instanz” restorani 1621-yilda Berlinda ochilgan.

Muassasa 1641-yilda rasman ochilgan bo‘lsa-da, hujjatlarda restoran 1561-yilda ochilgan deb yozilgan. Bu yerga Napoleondan tortib Angela Merkelgacha bo‘lgan mashhur shaxslar tashrif buyurishgan. 

6. Rod-Aylend shtatining Nyuport shahridagi “White Horse Tavern” restorani 1673-yilda tashkil etilgan.

Ushbu tavern 350 yildan ortiq vaqt davomida Nyuport aholisi va mehmonlariga xizmat qilib keladi. U ingliz askarlarini, mustamlakachilarni va turli soha vakillarini ko‘rgan tamaddixona hisoblanadi. 

7. Madriddagi “Sobrino de Botin” restorani 1725-yilda ochilgan.

Ginnesning rekordlar kitobiga kirgan mashhur ispaniyalik rassom Fransisko Goya 1765-yilda bu restoranda idish yuvuvchi bo‘lib ishlagan ekan.

8. “The Tour d’Argent” restarani 1582-yili Parijda ochilgan.

Qirol Genrix III hukmronlik qilgan davrdan beri restoran o‘zining sodiq mijozlariga ega. Aytishlaricha, restoranda o‘sha vaqtlarda yevropaliklar uchun hali noma’lum bo‘lgan vilkalar to‘plami bo‘lgan ekan.

9. Qadimgi Dehlidagi “Karim’s” restorani 1913-yilda faoliyatini boshlagan.

Ushbu muassasa Mughal imperiyasi davrida tashkil etilgan. Mazkur tamaddixona o‘zining achchiq ziravorlari bilan boshqalardan ajralib turgan. 1857-yili Mughal imperiyasi hukmdori Bahodir Shoh Zafar ingliz qo‘shinlariga taslim bo‘lganda Karim oilasi o‘z retseptlarini olib Dehlini tark etgan.  

1913-yilda Hoji Karimiddin eski Dehliga qaytib keladi va restoranni qaytadan ochadi. Ana shundan beri tamaddixonadagi shohona toamlar oddiy odamlarga taqdim etiladi. 
 
10. Lissabondagi “Tavares Rico” 1784-yilda tashkil etilgan.

Restoran intereri shoxona qilib bezatilgan bo‘lib, ochilgandan beri mehmonlarga ajoyib ichimlik va mazali taomlar taklif qilib kelyapti. Mazkur joy 200 yildan oshiq vaqt davomida do‘stona va oilaviy tantanalar uchun ajoyib maskanga aylangan. 

11. “Rules” restorani 1798-yilda ish boshlagan.

Restoran ochilganidan buyon uch oila vakillari tomonidan yuritilganiga qaramasdan, u har doim asl g‘oyasiga sodiq qolgan – “eng yaxshi an’anaviy milliy taomlarni hamyonbop narxlarda sotish”. Bir vaqtlar Charlz Dikkens, Gerbert Uells, Klark Geybl va Charli Chaplinlar restoranning doimiy mijozlari bo‘lishgan.

12. Konnektikut shtatining Essex shahrida joylashgan “Griswold Inn” 1776-yilda tashkil etilgan.

AQShda birinchi harbiy kemalardan biri “Oliver Kromvel”ni qurish ishlari boshlaganida shaharda kemasozlar, siyosatchilar va inqilobiy kolonistlar ko‘payib ketgan. 

Amerika iqtisodiy inqilobni boshdan o‘tkazayotgan bir paytda, Griswold mehmonxonasi 1776-yilda muhojirlarni ovqatlantirish va yotoq bilan ta’minlash uchun o‘z eshiklarini ochib beradi. O‘shandan buyon bu yerda ko‘p narsa o‘zgargani yo‘q. Mehmonxonada hamon muzdek ichimliklar daryoday oqadi.