12-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo ma'lumoti

  • 20:32 / 11.12.2019
  • 310

O'zgidrometning xabar berishicha, 12-dekabr kuni, Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo'lishi mumkin, ba'zi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-6 daraja iliq, kunduzi esa 12-14 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq bilan 2 daraja iliq orasi, kunduzi esa 9-12 daraja iliq bo‘ladi.
 

Buxoro va Navoiy viloyatlari
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-9 daraja iliq, kunduzi 10-11 daraja iliq bo‘ladi.
 

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-9 daraja iliq, kunduzi esa 8-11 daraja iliq bo‘ladi.
 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo'ladi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 10-14 daraja iliq bo‘ladi.
 

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kuzatilishi mumkin. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq bilan 3 daraja iliq orasi, kunduzi esa 9-11daraja iliq bo‘ladi.
 

Respublikaning tog‘li hududlari
Havo o‘zgarib turadi, bazi joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi. Ba’zi joylarda tuman tushadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq bilan 3 daraja iliq orasi, kunduzi esa 7-9 daraja iliq bo‘ladi.