112,2 million soʻmlik noqonuniy “Tropikamid 10 mg” dori vositasi to‘xtatib qolindi

  • 13:01 / 08.10.2019
  • 323

Foto: OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASI

Ma’lumki, yurtimizga turli yo‘llar bilan sifatsiz va noqonuniy ravishda har xil dori vositalari olib kirilmoqda. Bu esa aholining salomatligiga jiddiy zarar keltirishi hech birimizga sir emas. Respublika Bojxona Qo‘mitasining xabarlariga ko‘ra so‘nggi kunlarda chegara postlarida nazorat yanada kuchaytirilayotgani ta’kidlanmoqda.

Buning bir misoli, nazorat vaqtida “ISUZU” avtobusiga yashirilgan 232 million soʻmlik dori vositalari chegara postida fosh etildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasining rasmiy sayti xabar bermoqda. 

Xabarga ko‘ra, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunbuzilishi holatlariga qarshi kurash boʻlimi xodimlari tomonidan Toshkent viloyati Ohangaron tumanida tezkor tadbir oʻtkazilgan.

Tadbir davomida, “Chinor” yoʻl patrul xizmati maskaniga kirib kelgan, fuqaro M.A. boshqaruvidagi “ISUZU” rusumli yuk avtotransporti toʻxtatilib, belgilangan tartibda nazoratdan oʻtkazilgan.

Tekshiruv jarayonida avtomashinada tegishli hujjatlari boʻlmagan qiymati 112,2 million soʻmlik 6600 dona “Tropikamid 10 mg.” va 120 million soʻmlik 8400 dona “REGAPEN 300 mg.” nomli dori vositalari borligi maʼlum boʻldi.

Olingan ashyoviy dalillarning umumiy qiymati 232,2 million soʻmni tashkil qiladi.

Hozirda mazkur holat bo‘yicha bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.