Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru bloger bilan mushtlashib, uning mobil telefonini tortib olishga urindi. Bu haqda “Daily Mail” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, Jair Bolsonaro saylovchilar bilan suhbatdan so‘ng o‘z korteji tomon yo‘l olgan, u yerda uni emosional bloger kutib turgan. Braziliya yetakchisi bloger Uilker Leau bilan mushtlashib ketgan, u davlat rahbarini tanqid qilgani va uning munosabatini telefonda tasvirga oldi. Yozuvda Bolsonaro dastlab mashinasiga o‘tirgani, biroq biroz vaqt o‘tgach, undan tushib, Leauning telefonini tortib olmoqchi bo‘lganini ko‘rish mumkin.
Prezident Leauning haqoratlariga keskin munosabat bildirgan. Bloger uni qo‘rqoq, dangasa va “davlat pirogi” fraksiyasining sevimlisi, deb atagan. Shunga qaramay, voqeadan keyin ular besh daqiqa suhbatlashishgan, so‘ngra Bolsonaro mashinasiga qaytgan.
Braziliyaning amaldagi prezidenti Jair Bolsonaro prezidentlik saylovlarida ikkinchi muddatga o‘z nomzodini qo‘yishini rasman e’lon qilgan. Saylov joriy yilning oktyabr oyiga rejalashtirilgan. Nomzodlarni ko‘rsatish jarayoni 24 iyul kuni Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tgan edi. Bolsonaro o‘zining saylovoldi kampaniyasi shiori sifatida “Ozodlik, haqiqat va e’tiqod” iborasini tanlagan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!