13-maydan esdalik oltin va kumush tanga narxlari yana ko‘tariladi

  • 10:36 / 13.05.2020
  • 243

O‘zbekiston Markaziy banki qimmatbaho esdalik tangalarning yangi narxini ma’lum qildi. 

Unga ko‘ra, 2020-yil 13-maydan amaldagi esdalik oltin tanga va kumush tanganing narxi qimmatlashdi.

Ya’ni:  

1 ta oltin tanga narxi – 17 mln. 700 ming so‘m; 
(100 ming so‘mga qimmatlashdi. Avvalgi narxi 17 mln. 600 ming so‘m)

1 ta kumush tanga narxi – 313 ming so‘m; 
(15 ming so‘mga qimmatlashdi. Avvalgi narxi 298 ming so‘m)

Ma’lumot uchun, esdalik tangalari har birining og‘irligi 31,1 grammdan iborat. Metallar probasi esa 999,9 ga teng. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6-mayidan amaldagi esdalik oltin tanga va kumush tanganing narxi arzonlashgan edi.