1300 yildan ortiq vaqt mobaynida faoliyat yuritayotgan sayyoradagi eng qadimiy mehmonxonaning siri nimada?

  • 23:40 / 10.06.2019
  • 709

Mablag‘ mavjud bo‘lsa shaxsiy ishga asos solish qiyinchilik tug‘dirmaydi, biroq u uzoq yillar davomida ishlab, daromad keltirishi hammaning qo‘lidan kelavermaydigan ish. Bundan ming yil avval yashagan yapon imperatori yordamchisining o‘g‘li – Fujivaru Maxitoni bu masalada yetakchi deb atash mumkin. Chunki u 705 yildayoq “barhayot” Nishiyama Onsen Keiunkan mehmonxonasiga asos solishga muvaffaq bo‘lgan. U hozir ham ishlaydi.

Foto: TravelAsk

Mehmonxona hatto Rekordlar kitobiga ham kirgan. Axir undan qadimgisi yo‘q-da. Tasavvur qiling-a, uning yoshi 1300 yildan ortiq!

Foto: TravelAsk

Shubhasiz, mehmonxonaning dastlabki muvaffaqiyati uchun Fujivara imperatorning homiyligidan minnatdor bo‘lishi lozim. Aynan shu aloqalar sababli juda ahamiyatli shaxslar uning mehmonlariga aylanishgan. Vafotidan keyin mehmonxona uning o‘g‘liga o‘tdi va undan keyin yana Maxito oilasining 52 avlodi qo‘lida bo‘ldi.

Foto: TravelAsk

Mehmonxona mana 13 asrki, Xonsyu orolidagi Akaisi tog‘ tizmasi ostida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Foto: TravelAsk

U shifobaxsh termal manbalarga yaqin joylashgan. Bu kabi spa-taomillarini esa yaponlar odatda qadimgi vaqtlardan qadrlashgan. Bundan tashqari, Nisiyama Onsen Keyunkan mashhur va muqaddas Fudzi tog‘i yo‘lida joylashgan. Shunday ekan, muqaddas joyda qolish va issiq suvlarda cho‘milish – rad etish mushkul bo‘lgan imkoniyat. Mehmonlarni qanday sukunat, xotirjamlik va chiroyli manzara kutishini esa so‘z bilan ta'riflash mushkul.

Foto: TravelAsk

Bugungi kunda mehmonxonada 40 ta xona va bir necha termal vannalar bor. Ularni qabul qilish bilan birga joyning chiroyli manzarasidan bahra olish mumkin. Bu yerga yapon hukmdorlari kabi Fudziga tashrifdan keyin kelishni tavsiya qilamiz.  

Foto: TravelAsk
Foto: TravelAsk
Foto: TravelAsk
Foto: TravelAsk
Foto: TravelAsk
Teglar