$
12694.97 UZS
40.84
161.60 UZS
0.42
14878.50 UZS
60.51
37° Kechasi 24°

O‘zbekistonda benzin narxi “kim”ning nog‘orasiga o‘ynayapti?!

14:11 / 09.12.2021

Xabardor.uz avtomobil benzini, xususan, AI-80 markali benzinining ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga yetib kelgunga qadar bo‘lgan jarayonlarni kuzatishda davom etadi.

Tahririyat bir muddat oldin birja savdolariga qo‘yilayotgan benzin mahsulotining narxi birja savdolarida qanday shakllanayotgani, u yerdagi ko‘z ilg‘amas o‘yinlar va manipulyatorlar haqida ayrim ma’lumotlarni ochiqlagan edi.

Bunga esa oddiy iste’molchi bo‘lgan aholi vakillarining munosabati, albatta yaxshi bo‘lmagan.

Xo‘sh, yana nimalar mavhum? Nega birja va ko‘cha narxlari bir-biriga munosib emas? Nega AI-80 markali benzinning birjadagi boshlang‘ich narxining o‘ziyoq joriy yil 11 oyida 63,2 foizga o‘sgan?

Ma’lumki, joriy yil noyabrning o‘rtalariga kelib benzin mavzusi kun tartibidagi asosiy mavzuga aylandi va bu, qaysidir ma’noda, birjadagi narxlarning tushishiga olib keldi. Demak, jamoatchilik nazorati, boshqacharoq aytganda, aholining so‘nggi nuqtadagi noroziligi birjadagi narxlarga ta’sir qilayotgan ekan, u yerdagi narxlarning sun’iy shakllanmayotganiga kim kafolat beradi?!

Xullas, davom etamiz.

Bu masala 16-noyabrga kelib, Hukumat darajasida ko‘rildi va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi “O‘zbekneftgaz”ga, Birjaga va hududiy neftebazalarga 683/1-15-sonli xatini chiqardi.

Unga muvofiq 2021 yil 16 noyabrdan boshlab birja savdolaridagi bir savdo sessiyasida bir xaridor tomonidan sotib olinadigan benzin mahsulotining maksimal hajmiga cheklov o‘rnatildi.

Unga ko‘ra, 17-noyabr kunidan boshlab birja savdolariga qo‘yilayotgan avtomobil benzini xaridorlariga bir savdo sessiyasida bir xaridor tomonidan xarid qilinadigan mahsulot hajmlarining maksimal miqdori 60 tonnalik lotlar bo‘yicha 120 tonna hamda 1 tonnalik lotlar bo‘yicha 10 tonna miqdorida (limit) belgilandi.

Bu chora bir hafta, o‘n kunni ichidayoq o‘z samarasini berdi, ya’ni benzin narxi birjada ham ko‘chada ham tushishni boshladi. Mana bo‘larkan-ku!

Ammo, yuqorida aytilgan hujjatning eng so‘nggiga “istisno” bandi kiritilgani baribir odamning ko‘nglini g‘ash qilgandi: “Ushbu tartib vaqtinchalik hisoblanadi va qo‘shimcha ko‘rsatma berilgunga qadar amal qiladi”.

Aftidan Qo‘mita aholi (jamoatchilik) noroziligi yoki Hukumatning topshirig‘i sababli shoshilinch chora sifatida tegishli tashkilotlarga o‘zining vakolati doirasida yuqoridagi xatni chiqargan va oxiriga har ehtimolga qarshi qo‘shib qo‘yishgan: “ushbu tartib vaqtinchalik hisoblanadi...”

Xullas, iste’molchi birjadagi narxlar tushsa-da, ko‘chadagi narxlarning tushishdan to‘xtagani yoki ayrim joylarda narxning yuqoriligicha qolayotgani haqida bir-biriga nolib turganida tahririyat Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining navbatdagi, yuqorida aytilgan “vaqtinchalik” choraning davomi bo‘lgan yashirin xat (xatning o‘zini qo‘lga kiritolmadi) haqidagi ma’lumotni qo‘lga kiritdi.

Bungacha esa tahririyatga xaridorlarning birja orqali sotib oladigan mahsulotiga qo‘yilgan cheklovlarga qaramasdan 26-noyabr holatiga bir xaridorning 167 vagon benzin mahsulotini birja orqali sotib olgani, ya’ni Aksilmonopoliya qo‘mitasining kiritgan tartibiga kimdir “tupurib” qo‘ygani haqida ma’lumot kelib tushgan edi.

Hammasi oydinlashdi. Ya’ni Xabardor.uz qo‘lga kiritgan ma’lumotga ko‘ra, Qo‘mita joriy yil 26-noyabr kuni (avvalgi xatdan 10 kun o‘tib) yana tegishli idoralarga 683/1-15-sonli xatini to‘ldiruvchi qo‘shimcha xat chiqaradi.

Unga ko‘ra, “yuqorida aytilgan cheklovlar “forvard” shartnomalariga ta’sir qilmagan holda alohida belgilanadi...”

Mana nega “kimdir” cheklovlardan qo‘rqmasdan bir yo‘la 167ta vagonni sotib olyapti va tabiiyki, bozordagi narxni “regulirovka” qilyapti. “U” kim? (“U"ni va uning manfaatini himoya qiluvchilarni, agar xatti-harakatlarida jinoyat alomatlari bo‘lsa, o‘rganishni, albatta, tegishli organlarga qoldiramiz.)

Endi o‘quvchiga tushunarli bo‘lishi uchun “spot” va “forvard” shartnomalari haqida qisqacha.

“O‘zbekneftegaz” AJ o‘z mahsulotlarini (respublika bo‘yicha jami iste’molning 60 foizini yetkazib beradi) birja savdоlariga chiqarishning “antiqa” yo‘lini o‘ylab topgan. Ya’ni mahsulot birjada bir sessiyada bitta shartnoma bo‘yicha emas, balki tabaqalashgan ko‘rinishda, ya’ni “spot” va “forvard” shartnomalari asosida sotiladi.

“Spot” shartnomalariga ko‘ra, birja shartnoma ijrosini shu kuniyoq ta’minlashi kerak, ya’ni xaridorga mahsulot shu kunning o‘zidayoq yetkaziladi (yuqoridagi cheklovlar ham aynan shu qismida qoldirilgan).

“Forvard” shartnomasiga ko‘ra esa ishlab chiqaruvchi (“O‘zbekneftegaz” AJ) o‘z mahsulotini 90 kungacha bo‘lgan muddatda yetkazib berish sharti bilan birja savdolariga umumiy kunlik hajm (3 ming tonna)ning yarmini qo‘yadi (yuqoridagi xatning davomiga ko‘ra, ushbu shartnomada xaridorlarga cheklovlar qo‘yilmaydi).

Amaliyotda esa “forvard” shartnomalari asosida sotib olinayotgan benzin mahsulotlari ertasi kuniyoq (ya’ni, xaridorni kuttirmasdan) xaridorga yuklab berilmoqda. Sotuvchi nega “forvard” shartnomalarda bunchalik tez xaridorga mahsulot yuklab beryapti? Xaridor kim? Sotuvchi hamma mahsulotini bitta sessiyada va bitta shartnoma asosida birja savdolariga qo‘ysa, bozor talabi hozirgiga nisbatan 2 barobarga qonishi va bu narxlarning o‘z o‘rniga tushishiga olib kelmaydimi?

“Forvard” chodiri tagida nimalar sodir bo‘lyapti? Bundan manfaatdor bo‘lganlar kimlar?..

Savollar ko‘p. Xabardor.uz vakolati doirasida birja savdolarida kuzatilayotgan o‘yinlar, “fortochka”lar va xalq foydasiga ishlamayotgan xatti-harakatlarni yoritishda davom etadi.

Darvoqe, yaqin kunlarda ayni shu masalada katta suhbat o‘quvchilar hukmiga havola etiladi. Unda siz “O‘zbekneftgaz” AJ, Respubllika tovar xomashyo birjasi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi hamda Brokerlar uyushmasi vakillarining o‘zaro debatini tomosha qilasiz.


Bu ham qiziq

Ozarbayjon Rossiyada fuqarolarining vafot etishi yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atdi

Ozarbayjon Rossiyada fuqarolarining vafot etishi yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atdi

Bu haqda Ozarbayjon Bosh prokuraturasi matbuot xizmatiga tayanib, Qafqazinfo xabar berdi.
16:51 / 01.07.2025
UFC 317. Iliya Topuriya Charlz Oliveyrani birinchi raundda nokautga uchratdi

UFC 317. Iliya Topuriya Charlz Oliveyrani birinchi raundda nokautga uchratdi

Topuriya yengil vaznning yangi chempioniga aylandi.
10:06 / 29.06.2025
1-iyuldan Toshkent-Chorvoq yo‘nalishida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

1-iyuldan Toshkent-Chorvoq yo‘nalishida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Yo‘nalishda naqd pulda va bank kartalari orqali to‘lov amalga oshirish imkoniyati mavjud.
13:11 / 29.06.2025
Ukraina dronlari Ijevskdagi korxonaga hujum qildi

Ukraina dronlari Ijevskdagi korxonaga hujum qildi

Ma’lumot uchun, Ijevsk Rossiya Federatsiyasidagi Udmurtiya Respublikasining poytaxti hisoblanadi. Shahar mashinasozlik va qu…
14:42 / 01.07.2025
O‘zbekistonda harorat 46 darajagacha ko‘tariladi

O‘zbekistonda harorat 46 darajagacha ko‘tariladi

“O‘zgidromet” 2–5-iyul kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
15:10 / 01.07.2025
Mirziyoyev: “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari sifatida yangi tarix yaratadigan oltin avlodsiz!”

Mirziyoyev: “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari sifatida yangi tarix yaratadigan oltin avlodsiz!”

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston yoshlarini Yoshlar kuni bilan tabrikladi.
12:44 / 30.06.2025
Nogironlik pensiyalari ham fuqaroning murojaatisiz tayinlanadi

Nogironlik pensiyalari ham fuqaroning murojaatisiz tayinlanadi

Ushbu ma’lumot fuqarolarga SMS-xabar ko‘rinishida yuboriladi.
13:07 / 01.07.2025
1-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

1-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

1-iyul kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol es…
16:22 / 30.06.2025
Temiryo‘l chiptalari sotuvida ortiqcha undirilgan to‘lovlar qaytariladi

Temiryo‘l chiptalari sotuvida ortiqcha undirilgan to‘lovlar qaytariladi

“Temiryo‘lda yo‘lovchi tashish xizmatlari bo‘yicha qo‘mita chiqargan qaror sud instansiyalari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi …
15:36 / 30.06.2025
Tehron uranni boyitish niyatidan voz kechmagan

Tehron uranni boyitish niyatidan voz kechmagan

Eron uranni boyitish huquqiga ega va bu faoliyatni to‘xtatishni rejalashtirmayapti.
09:46 / 30.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!