$
11783.47 UZS
-14.45
139.70 UZS
1.7
13688.86 UZS
-51
31° Kechasi 18°

Ayrim klaster va dehqonlarga hosilni sug‘urtalash xarajatining 50 foizi qoplab beriladi

18:37 / 05.09.2022

Shavkat Mirziyoyev  qishloq xo‘jaligi sohasidagi vazifalar va yangi imkoniyatlarni aytib o‘tdi.

Unga ko‘ra, eng avvalo:

— joriy yilda qo‘shimcha ajratilayotgan 20 ming gektar va kelgusida beriladigan 100 ming gektar ekin maydonlari hisobidan importni qisqartirish;

— oziq-ovqat mahsulotlari ekishni kamida 300 ming gektarga yetkazish.

Umuman, oziq-ovqat uchun mo‘ljallangan yerlarga ekinlarni joylashtirishni bundan buyon Bog‘dorchilik agentligi belgilab beradi.

Mutasaddilarga joriy yilning 15-sentyabridan boshlab hokim yordamchilari tavsiyasiga ko‘ra, sabzavot, dukkakli va moyli ekinlar bo‘yicha urug‘lik, o‘g‘it, yoqilg‘i, o‘simliklar himoyasi hamda aylanma mablag‘ uchun 150 million so‘mgacha garovsiz kredit ajratishni yo‘lga qo‘yish topshirildi.

Bunda, ushbu mablag‘larning yarmini naqd pulda ajratishga ruxsat beriladi. Buning uchun, Bog‘dorchilik agentligiga qo‘shimcha 300 milliard so‘m ajratiladi.

Moliya vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligiga  meva-sabzavotchilikni kreditlashning mutlaqo yangi tizimini joriy qilish topshirildi.

Endilikda kartoshka, sabzavot, yog‘-moy ekinlari ekadigan klaster va dehqonlarga hosilni sug‘urtalash xarajatining 50 foizi davlat hisobidan qoplab beriladi.

Buning uchun, kelgusi bir yilda Qishloq xo‘jaligi jamg‘armasidan 50 milliard so‘m yo‘naltiriladi.

Bundan buyon paxta va g‘alladagi kabi oziq-ovqatga kredit berishda sug‘urta polisi kredit ta’minoti hisoblanadi.

“Bu yangilik ko‘plab dehqonlarimizning ishini yurgizib, Qishloq xo‘jaligi jamg‘armasida ishlatilmay turgan 700 milliard so‘mdan samarali foydalanishga imkoniyat yaratadi”,— deydi Prezident.

 

 


Bu ham qiziq

Rossiya va Shimoliy Koreya o‘rtasida ilk avtomobil ko‘prigi ochildi

Rossiya va Shimoliy Koreya o‘rtasida ilk avtomobil ko‘prigi ochildi

Rossiya va Shimoliy Koreya o‘rtasida Tumangan daryosi ustidan o‘tuvchi ilk avtomobil ko‘prigi foydalanishga topshirildi. Bu …
09:55 / 08.09.2026
Osiyo o‘yinlarida qatnashadigan O‘zbekiston U-23 terma jamoasi tarkibi e’lon qilindi

Osiyo o‘yinlarida qatnashadigan O‘zbekiston U-23 terma jamoasi tarkibi e’lon qilindi

O‘zbekiston U-23 terma jamoasining Aichi-Nagoya-2026 yozgi Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadigan tarkibi ma’lum bo‘ldi. Bu haq…
12:42 / 08.09.2026
Xitoy armiyasi gumanoid robotlarni jangovar sharoitga tayyorlamoqda

Xitoy armiyasi gumanoid robotlarni jangovar sharoitga tayyorlamoqda

Xitoy Xalq-ozodlik armiyasi gumanoid robotlarni jangovar sharoitlarda qo‘llashga tayyorlashni boshladi. Bu haqda Reuters xab…
10:00 / 08.09.2026
“Sharafli yo‘l” — iste’dodlar e’tirofi

“Sharafli yo‘l” — iste’dodlar e’tirofi

Mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan  O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi tomonidan Madaniyat vazirligi …
09:14 / 10.09.2026
Sirdaryoda obodonlashtirish boshqarmasi mas’ullari 1 mlrd so‘mni talon-toroj qilgani aniqlandi

Sirdaryoda obodonlashtirish boshqarmasi mas’ullari 1 mlrd so‘mni talon-toroj qilgani aniqlandi

Sirdaryo viloyatida Guliston shahar obodonlashtirish boshqarmasi mas’ul shaxslari tomonidan 1 mlrd so‘mlik budjet mablag‘lar…
09:40 / 09.09.2026
O‘zbekistonning PISA 2025 natijalarida ijobiy o‘sish qayd etildi

O‘zbekistonning PISA 2025 natijalarida ijobiy o‘sish qayd etildi

O‘zbekiston PISA 2025 xalqaro tadqiqotida 91 ta davlat va ta’lim tizimi qatorida ishtirok etdi. Mamlakat mazkur xalqaro baho…
14:13 / 08.09.2026
Toshkent–Andijon yo‘nalishida yangi elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Toshkent–Andijon yo‘nalishida yangi elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

10-sentyabrdan Toshkent–Andijon yo‘nalishida zamonaviy tezkor CRRC-Dalian elektropoyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. U amaldag…
15:51 / 09.09.2026
Davlat yeri va binosini sotib olishda to‘lov shartlari yengillashtiriladi

Davlat yeri va binosini sotib olishda to‘lov shartlari yengillashtiriladi

Tadbirkorlar uchun davlat aktivlari va yer uchastkalarini xususiylashtirishda yangi moliyaviy imkoniyatlar joriy etilmoqda. …
15:33 / 09.09.2026
Qozog‘iston bolalar uchun fastfud reklamasini cheklamoqchi

Qozog‘iston bolalar uchun fastfud reklamasini cheklamoqchi

Qozog‘istonda bolalarga mo‘ljallangan fastfud reklamalarini cheklash taklif qilinmoqda.
15:43 / 09.09.2026
O‘zbekiston quruvchilari Serbiyada 200 kilometrlik temiryo‘l loyihasida ishtirok etadi

O‘zbekiston quruvchilari Serbiyada 200 kilometrlik temiryo‘l loyihasida ishtirok etadi

O‘zbekistonlik quruvchi va temiryo‘l mutaxassislari Serbiyada temiryo‘l infratuzilmasini modernizatsiya qilish hamda yangi t…
12:55 / 08.09.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!