$
11783.47 UZS
-14.45
139.70 UZS
1.7
13688.86 UZS
-51
31° Kechasi 18°

Prezident maktab darsliklarini bepul berishni buyurdi

18:59 / 05.09.2022

So‘nggi kunlarda maktab darsliklari va mashq daftarlarining ijara to‘lovlari miqdorlari keskin oshirilishi munosabati bilan keng jamoatchilik va ota-onalar tomonidan e’tirozlar yuzaga kelgandi. Ushbu masala yuzasidan Prezidentga axborot berildi.

So‘nggi kunlarda maktab darsliklari va mashq daftarlarining ijara to‘lovlari miqdorlari keskin oshirilishi munosabati bilan keng jamoatchilik va ota-onalar tomonidan e’tirozlar yuzaga keldi. Ushbu masala yuzasidan Prezidentga axborot berildi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Maktab darsliklari bolalarning umumiy o‘rta ta’lim olishida favqulodda muhim o‘rin tutishini hisobga olib hamda maktab o‘quvchilari va ularning ota-onalarini, qonuniy vakillarini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy adolatni ta’minlash maqsadida davlat rahbari Vazirlar Mahkamasi va Xalq ta’limi vazirligiga maktab darsliklari va mashq daftarlarini bepul ijaraga berishni tezkor yo‘lga qo‘yish yuzasidan topshiriq berdi.

Ma’lumot uchun, 2-sentyabr kuni 2022-2023-o‘quv yili maktab darsliklarning ijara narxi ma’lum bo‘ldi. Unga ko‘ra, ta’lim tili o‘zbek sinflar uchun darsliklar to‘plamlarining ijara narxlari 108 foizga oshirildi. Ota-onalar va jamoatchilik orasida norozilikni keltirib chiqargan ushbu masala bo‘yicha Xalq ta’limi vazirligi munosabat bildirib, narx oshishini yangi darsliklarning chop etilish harajatlari, xususan dunyo bozorida qog‘oz narxi va qog‘ozni O‘zbekistonga yetkazib berish bo‘yicha transport harajatlarining keskin oshib ketishi bilan izohladi.

 

 

 

 

 


Bu ham qiziq

Tez yordamga yo‘l bermagan BYD haydovchisi jazolandi

Tez yordamga yo‘l bermagan BYD haydovchisi jazolandi

Toshkent shahrida tez tibbiy yordam avtomashinasiga yo‘l bermagan BYD haydovchisiga nisbatan ma’muriy chora ko‘rildi. Bu haq…
09:49 / 09.09.2026
Davlat yeri va binosini sotib olishda to‘lov shartlari yengillashtiriladi

Davlat yeri va binosini sotib olishda to‘lov shartlari yengillashtiriladi

Tadbirkorlar uchun davlat aktivlari va yer uchastkalarini xususiylashtirishda yangi moliyaviy imkoniyatlar joriy etilmoqda. …
15:33 / 09.09.2026
Zelenskiyning samolyoti dron bilan to‘qnashib ketishiga bir baxya qoldi

Zelenskiyning samolyoti dron bilan to‘qnashib ketishiga bir baxya qoldi

Kecha, 9-sentyabr kuni Moldovadan Norvegiyaga uchayotgan Zelenskiyning samolyoti dron bilan to‘qnashib ketishiga bir baxya q…
11:21 / 10.09.2026
Farg‘onada 210 ming dollarga hokimlik lavozimini va’da qilgan shaxs ushlandi

Farg‘onada 210 ming dollarga hokimlik lavozimini va’da qilgan shaxs ushlandi

Farg‘ona viloyatida 210 ming AQSH dollari evaziga tuman hokimi lavozimiga ishga joylashtirishni va’da qilgan shaxs ushlandi.…
12:07 / 08.09.2026
Chorvoqda cho‘kib ketgan uch kishidan birining jasadi topildi

Chorvoqda cho‘kib ketgan uch kishidan birining jasadi topildi

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi Chorvoq suv omborida cho‘kib ketgan uch kishidan birining jasadi topildi. Bu haqda F…
15:38 / 09.09.2026
Sirdaryoda obodonlashtirish boshqarmasi mas’ullari 1 mlrd so‘mni talon-toroj qilgani aniqlandi

Sirdaryoda obodonlashtirish boshqarmasi mas’ullari 1 mlrd so‘mni talon-toroj qilgani aniqlandi

Sirdaryo viloyatida Guliston shahar obodonlashtirish boshqarmasi mas’ul shaxslari tomonidan 1 mlrd so‘mlik budjet mablag‘lar…
09:40 / 09.09.2026
11-sentyabr kungi ob-havo ma’lumoti

11-sentyabr kungi ob-havo ma’lumoti

Respublika bo‘ylab biroz bulutli ob-havo bo‘lib, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
17:21 / 10.09.2026
Rossiyada qarovsiz qolgan 11 nafar o‘zbekistonlik bola vatanga qaytarildi

Rossiyada qarovsiz qolgan 11 nafar o‘zbekistonlik bola vatanga qaytarildi

Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan 11 nafar voyaga yetmagan o‘zbekistonlik bola O‘zbekistonga olib kelindi. Bu haqda Ijti…
10:45 / 08.09.2026
Eyfel minorasida hindu delegatsiyasi tashrifi vaqtida ayol xodimlar chetlatilgani yuzasidan tekshiruv boshlandi

Eyfel minorasida hindu delegatsiyasi tashrifi vaqtida ayol xodimlar chetlatilgani yuzasidan tekshiruv boshlandi

Parijdagi Eyfel minorasida hindu diniy delegatsiyasi tashrifi vaqtida ayol xodimlar ish joylarini tark etishga majburlangani…
12:51 / 08.09.2026
“Sharafli yo‘l” — iste’dodlar e’tirofi

“Sharafli yo‘l” — iste’dodlar e’tirofi

Mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan  O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi tomonidan Madaniyat vazirligi …
09:14 / 10.09.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!