156,4 mln AQSh dollari qarz olib qurilgan Angren shina zavodi 15 foizgina quvvat bilan ishlamoqda 

  • 10:40 / 06.04.2021
  • 63

“Milliy tiklanish” partiyasi lideri Alisher Qodirovning Hisob palatasi ma’lumotlariga tayanib aytishicha, Xitoy Eksimbankidan olingan $156,4 mln qarz evaziga qurilgan Angren shina zavodi ikki yildan beri 15 foiz quvvat bilan ishlamoqda.

Ushbu tashqi qarz Angren shina zavodida yiliga 3 million dona shina ishlab chiqarish hamda bu shinalar UzAuto Motors’da import o‘rnini qoplashi kerak edi. 

“Bugungi holat, Angren shina zavodi quvvatining 15 foizida ishlamoqda. Omborida 100 mingta shina sotilmay turibdi. Sababi doimgidek, sifat talabga javob bermaydi. So‘nggi ikki yilda UzAuto Motors 60 mln dollarga yaqin shina import qilgan”, deb yozmoqda “Milliy tiklanish” partiyasi rahbari Alisher Qodirov.  

Qayd etilishicha, “Milliy tiklanish” DP fraksiyasi tomonidan mazkur masala yuzasidan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga e’tiroz bildirilgan.