16 yoshli sobiq chempion tog‘dan qulab, halok bo‘ldi

  • 11:30 / 16.06.2020
  • 273

Fransiyalik alpinist Lyusi Dyudi Grenobl yaqinida joylashgan tog‘da fojiali tarzda halok bo‘ldi. Bu haqda NBC’ga tayanib Sport Ekspress xabar berdi.
16 yoshli sportchi qiz 150 metrli qoyadan qulab tushgan.
Lyusi Dyudi o‘smirlar o‘rtasida jahon chempioni, yoshlar o‘rtasida Yevropa chempionati sovrindori va 2019-yilgi Jahon chempionati ishtirokchisi hisoblanadi.
Dyudi 2021-yilgi o‘yinlarga Fransiya termasiga kira olmagandi.
Ushbu sport turi Xalqaro olimpiya qo‘mitasi tomonidan yozgi Olimpiada o‘yinlari dasturiga kiritilgan edi.

Teglar