$
12010.45 UZS
-13.16
₽
145.64 UZS
0.1
€
13200.69 UZS
-36.1
31° Kechasi 18°

Abdulla Aripov ilk bor O‘zbekiston va Qirg‘izistonning bahsli yer masalalariga aniqlik kiritdi

19:36 / 14.11.2022

Bugun, 14-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputat Doniyor G‘aniyev O‘zbekiston tomonidan Qirg‘izistonga yoki Qirg‘izistondan O‘zbekistonga berilayotgan yer maydoni ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘layotganini aytib, ushbu yer maydonlarining toifasi bo‘yicha ma’lumotlarga oydinlik kiritishni so‘radi.

Deputat D. Gʻaniyevning savoliga Bosh vazir A. Aripov tahliliy ma’lumotlar asosida javob qaytardi.

“Qayd etilganidek, haqiqatdan ham, Internet tarmoqlarida tarqalgan ma’lumotda sizlar aytgandek tasdiqlanmagan raqamlar muhokama qilingan. Andijon suv ombori uchun Qirg‘izistonga Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanidan 1 ming 19 gektar yaylov yer maydoni berilyapti. Albatta suv ombori maydoni 5 ming gektarga yaqin, qolgan yer maydonini qanday kompensasiya qilindi degan tabiiy savol tug‘iladi.

Qolgan 4 ming gektardan ortiq yer maydonlari sobiq Ittifoq davrida (1970 yillarda) Andijon suv ombori uchun O‘zbekiston tomonidan kompensasiya tariqasida berilgan. Arxiv hujjatlarini o‘rganish jarayonida ma’lum bo‘ldiki, sobiq Ittifoq davrida O‘zbekiston tomonidan 200 km dan ortiq Kampirobod chap qirg‘oq kanalini qurib berish majburiyati olingan. Afsuski, har xil sabablar bilan ushbu kanal qurilmasdan qolib ketgan. Aynan shu majburiyat bajarilmaganligi sababli, katta miqdordagi 8 mingdan 18 ming gektargacha bo‘lgan yer maydonlari o‘zlashtirilmasdan qolganligi Qirg‘iziston tomonidan uzoq yillar davomida ta’kidlab kelingan.

 

Agar “Andijon” suv omboridan Qirg‘izistonning Botken viloyatigacha ushbu kanal va qo‘shimcha gidrotexnik inshootlarni qurib beradigan bo‘lsak, respublikamiz byudjetidan ko‘p mablag‘ talab etiladi. Bundan tashqari, Andijon va Farg‘ona viloyatlaridagi 20 dan ortiq aholi punktlarini ko‘chirishga majbur bo‘lamiz.

Eng achinarlisi, 2 ming gektardan ortiq qishloq xo‘jaligida foydalanilayotgan yer maydonlarini yo‘qotishimiz mumkin edi. Shu bois, Namangan viloyatining Pop va Chust tumanlaridagi Gʻovasoy uchastkasidagi tog‘li hududdan 12 ming 700 gektar atrofida yaylov yer maydoni kompensasiya tarzida berilishi taklif etilmoqda. Namangan viloyatidan saylangan deputatlarimizning xabari bor, taklif etilayotgan Gʻovasoy uchastkasining 6 ming gektari baxsli hudud bo‘lib, amalda Qirg‘iziston fuqarolari tomonidan foydalanib kelinmoqda. Hisob-kitob qiladigan bo‘lsak, 8 ming gektardan ortiq o‘zlashtirilmagan qishloq xo‘jaligi yer maydoni uchun 12 ming 700 gektar yaylov maydonini taklif qilyapmiz.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, hozirda amaliyotda chegara bo‘yicha muxokamalarda o‘rtacha bir gektar ekin yeri uchun 2,5 barobar ko‘p yaylov yeri berish qo‘llab kelinmoqda. Taklif etilayotgan qonun loyihasida 19,5 ming gektar emas, balki 13 ming 719 gektar yaylov yer maydonlarini kompensasiya tariqasida Qirg‘iziston tomoniga ajratilishi nazarda tutilmoqda (4 ming 127 gektari oldin berilgan)”,– deydi Bosh vazir Abdulla Aripov.


Bu ham qiziq

Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyaning Melburn şahrida joylaşgan 48 qavatli ofis binosining taşqi devorlari va tomiga 1 391 ta quyoş paneli örnatild…
10:32 / 14.11.2026
Jizzaxda tungi klublarning 500 ga yaqin reklamasi qonunga zid deb topildi

Jizzaxda tungi klublarning 500 ga yaqin reklamasi qonunga zid deb topildi

Jizzax şahridagi ikki tungi klubning Instagram sahifalarida joylaştirilgan 500 ga yaqin reklama roligida milliy va oilaviy q…
13:52 / 16.11.2026
Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonning Lahor şahridagi fermada boqilayotgan yölbars 19 yoşli işçiga hujum qildi. Oğir jarohat olgan yigit şifoxonada v…
10:28 / 14.11.2026
Qaşqadaryoda 36 gektar yerni 18,5 ming dollarga sotmoqçi bölgan şaxs uşlandi

Qaşqadaryoda 36 gektar yerni 18,5 ming dollarga sotmoqçi bölgan şaxs uşlandi

Qaşqadaryo viloyatining Yakkaboğ tumanida 36 gektar davlat zaxirasidagi yer maydonini 18,5 ming AQŞ dollariga boşqa şaxs nom…
14:05 / 16.11.2026
Bugun Özbekistonda yoğingarçilik kutilmaydi

Bugun Özbekistonda yoğingarçilik kutilmaydi

17-noyabr kuni Özbekiston hududida havo özgaruvçan böladi. Respublikaning ayrim joylarida tuman tuşişi mumkin, yoğingarçilik…
15:46 / 16.11.2026
Andijonda poyezd Damas bilan töqnaşdi

Andijonda poyezd Damas bilan töqnaşdi

Andijon viloyatining Asaka tumanida 16-noyabr kuni temiryöl kesişmasida Damas avtomobilini poyezd urib yubordi. Hodisa oqiba…
14:02 / 16.11.2026
Iordaniyada Telegram messenjeri bloklandi

Iordaniyada Telegram messenjeri bloklandi

Iordaniya hukumati 16-noyabr kuni Telegram messenjeriga kirişni çekladi. Uşbu çora raqamli xavfsizlikni kuçaytiriş, foydalan…
13:57 / 16.11.2026
Buxoroda maktab öquvçilari majburiy mehnatga jalb qilingani haqidagi xabarlar rad etildi

Buxoroda maktab öquvçilari majburiy mehnatga jalb qilingani haqidagi xabarlar rad etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro şahridagi 42-sonli umumta’lim maktabi öquvçilari dars vaqtida majburiy mehnatga jalb etilayotgan…
13:44 / 16.11.2026
Özbekistonda radarlar faoliyati ustidan nazorat kuçaytirildi

Özbekistonda radarlar faoliyati ustidan nazorat kuçaytirildi

Özbekistonda örnatilgan foto va video qayd etiş qurilmalari hamda radarlar faoliyati tekşirilmoqda. Yöl harakati xavfsizligi…
09:57 / 16.11.2026
Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Rossiyaning Belgorod viloyati Proletarskiy posyolkasida dron turar joyga hujum qilişi oqibatida bir oilaning uç a’zosi — erk…
14:31 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!