Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali suhbat chog‘ida Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha suhbat va muzokaralarga chaqirdi.
Bosh vazir yana bir bor oldinga boradigan yagona yo‘l sifatida muloqot va diplomatiyani taklif qilgan.
Bundan tashqari, Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) sammiti doirasida Samarqandda bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida ikki davlat rahbarlari ikki tomonlama munosabatlarning ayrim jihatlarini, jumladan, “energetika, savdo va investitsiyalar, mudofaa va xavfsizlik va boshqa muhim sohalardagi hamkorlik”ni ko‘rib chiqishgan.
Bosh vazir Hindistonning ShHTga raisligi davrida ikki mamlakatning birgalikdagi ishiga umid bildirgan.
Rahbarlar bir — biri bilan muntazam aloqada bo‘lishga kelishib olishgan.
Avvalroq Kreml Vladimir Putin Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bilan telefon orqali suhbat o‘tkazgani va Ukrainadagi vaziyatni tubdan baholagani haqida xabar bergan edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!